TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Turkiya havo sohasini himoya qilish maqsadida turli choralar ko‘rmoqda
Turkiya, havo sohasini himoya qilish maqsadida mamlakat sharqiga Patriot havo mudofaa tizimi joylashtirilganini ma'lum qildi.
Turkiya havo sohasini himoya qilish maqsadida turli choralar ko‘rmoqda
_
2 соат олдин

Turkiya, mintaqadagi taranglik davom etayotgan bir paytda mamlakat havo sohasini himoya qilish maqsadida NATO bilan muvofiqlashtirilgan chora - tadbirlar doirasida mamlakat sharqiga Patriot havo mudofaa tizimi joylashtirilganini ma'lum qildi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida bugun (10.03.2026) berilgan bayonotda, mintaqaviy oxirgi voqealar oldida Turk Qurolli kuchlari mamlakat va fuqarolar xavfsizligini ta'minlashga to'liq sodiq ekanini bildirdi.

Vazirlik bu haqida: 'Mintaqamizdagi oxirgi voqealarni inobatga olgan holda chegaralarimiz va havo sohamiz xavfsizligini ta'minlash uchun zarur choralar ko'rilmoqda va biz NATO hamda ittifoqchilarimiz bilan maslahatlashmoqdamiz' - dedi.

Vazirlik shuningdek, milliy xavfsizlik choralariga qo'shimcha ravishda ittifoq mintaqaviy mudofaa pozitsiyasini mustahkamlaganini ifoda etdi.

Bayonotda: 'Milliy choralarimizga qo'shimcha ravishda, NATO tomonidan havo va raketadan mudofaa choralarini kuchaytirdi', - deyildi.

Vazirlik: 'Shu doirada, havo sohamizni himoya qilish ishlariga yordam berish maqsadida tayin qilingan bir Patriot tizimi hozirda Malatyaga joylashtirilmoqda”, - degan ifodalarga ovrin berdi.

Malatyada, NATO tomonidan 2012 - yili ballistik raketalarni aniqlash uchun erta ogohlantirish radar stansiyasi mavjud.

NATO havo mudofaa tizimlari kecha (10.03.2026) Eron tomonidan uchirilgan va Turkiyani ko‘zlagan yana bir raketani yo'q qildi; bu o‘tgan haftadan beri Turkiyani nishonga olgan va monelik qilingan yoki to‘xtatilgan ikkinchi Eron raketasi hisoblanadi.

Anqara oz xavfsizligini eng yuqori darajada ta'minlamoqda

Vazirlik Turkiya mudofaa va xavfsizlik masalalarida ittifoq bilan hamkorlikni davom ettirishini bildirdi.

Bayonotda: 'Mudofaa va xavfsizlik salohiyatini eng yuqori darajada saqlayotgan mamlakatimiz NATO va ittifoqchilarimiz bilan hamkorlik va maslahatlashuvlar ichida voqealarni baholashni davom ettiradi va mintaqaviy tinchlik hamda barqarorlik uchun choralar ko‘raveradi' - deyiladi.

Bu e'lon, AQSh va Isroilning Eronga qarshi olib borayotgan zarbalari bilan mintaqaviy tarangliklar davom etayotgan paytda bildirildi.

Tarangliklar, joriy yilning 28 - fevrali kuni Isroil va AQSh tomonidan Eronga qarshi uyushtirilgan hujumlar bilan avj oldi. Bu hujumlar, 1 ming 300 nafardan ortiq eronlik umriga zomin bo‘ldi. Ular orasida mamlakatning diniy lideri Ali Hamaney, tinch aholi va maktab o‘quvchilari ham bor edi.

Eron esa AQSh bilan Isroilga javob tariqasida mintaqadagi AQSh bazalari, diplomatik muassasalar va harbiy xodimlar hamda Isroilni nishonga olgan havo bombardimonlari uyushtirdi.

Eron, shuningdek, 1 - mart kuni atrofidagi Hormuz bo'g'ozini yopganini bildirdi.

Ushbu strategik dengiz yo'li odatda kuniga taxminan 20 million barrel neft yukini tashiydi va global suyuqlashtirilgan tabiiy gaz savdosining taxminan 20 foizini tashkil qiladi.