Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi mamlakati bilan AQSh o‘rtasida iyun oyida Pokistonda erishilgan kelishuvni amalga oshirish yo‘lidagi eng katta to‘siq Isroil ekanini bildirdi.
Eron Tashqi ishlar vazirligining Telegram kanalida berilgan xabarga ko‘ra, Aroqchi yig‘ilishdagi nutqida 28-fevral kuni AQSh va Isroil tomonidan uning mamlakatiga qarshi boshlangan urushdan keyin olib borilgan diplomatik jarayonlarga baho berdi.
Tehron bilan qarshi tomon o‘rtasida erishilgan kelishuv Eron manfaatlariga mos bo‘lgani sababli AQSh oradan ikki hafta ham o‘tmay uni buzishni boshlaganini aytgan Aroqchi:
“Isroil ushbu kelishuvning amalga oshirilishiga eng qattiq qarshi chiqayotgan tomon va uning yo‘lidagi eng katta to‘siqdir”, — dedi.
Diplomatik muvaffaqiyat shaxsan unga yoki Tashqi ishlar vazirligiga tegishli emasligini ta’kidlagan Aroqchi shunday dedi:
“Bu Eron xalqining g‘alabasi edi. Bu urushda ko‘rsatilgan qarshilik natijasida dushman Eronning talablarini qabul qilishga majbur bo‘ldi”.


















