DUNYO
1 daqiqa o'qish
Turkiya Isroilning G‘azoga yordamlarni to‘sib qo‘yishini “qaroqchilik” deb atadi
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Isroilning G‘azoga yordam kemalariga hujumini “qaroqchilik” va xalqaro huquqning buzilishi deb baholadi.
Turkiya Isroilning G‘azoga yordamlarni to‘sib qo‘yishini “qaroqchilik” deb atadi
Türkiye says Israel's Gaza aid flotilla intervention is act of piracy / TRT World
2 соат олдин

“Ushbu hujum G‘azada o‘t ochishni to‘xtatish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni izdan chiqarmasligiga umid qilamiz”,- deyiladi TIV bayonotida.

Bayonotda ta’kidlanishicha, turk fuqarolari va parlament a’zolari ham qatnashgan Ozodlik Flotiga qarshi amalga oshirilgan bu tajovuz, Isroil hukumati barcha tinch yo‘ldagi tashabbuslarni nishonga olayotganini, mintaqadagi taranglikni kuchaytirayotganini va tinchlik jarayonlariga jiddiy zarar yetkazayotganini ko‘rsatmoqda.

Ankara, turk fuqarolarining ozod qilinishi uchun barcha diplomatik choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, boshqa davlat fuqarolari bilan bog‘liq masalalarda ham xalqaro hamkorlik olib borilayotgani qayd etildi.

Isroilning ovqat va dori-darmonlarni o‘z ichiga olgan barcha yordam karvonlarini to‘sib qo‘yishi, butun dunyo bo‘ylab inson huquqlari tashkilotlari va hukumatlar tomonidan “ocharchilik siyosati” deb baholanmoqda.

G‘azoga yo‘l olgan flot esa Isroilning blokadasini yorib o‘tishga va Tel-Avivning genotsid siyosatiga qarshi norozilik ramzi sifatida insonparvarlik yordamini Isroil portlarida tushirishni rad etmoqda.

 

 a.