DUNYO
2 daqiqa o'qish
Xitoy Eronga qurol yetkazib berish haqidagi xabarlarni «asossiz tuhmat» deb topdi
Xitoy, MANPADS deb nomlangan va yelkadan uchiriladigan havo mudofaa raketa tizimlarini topshirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi OAV iddaolariga javob berdi.
Xitoy Eronga qurol yetkazib berish haqidagi xabarlarni «asossiz tuhmat» deb topdi
_
7 соат олдин

Koplab ommaviy axborot vositalari AQSh razvedka manbalariga tayanib Pekinni urushga bilvosita aralashishda ayblashi ortidan, Xitoy Eronga qurol yetkazib berayotgani yoki yetkazib berishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlarni “asossiz tuhmat” deb atadi.

Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Guo Jiakun mavzu haqida dushanba kuni (13.04.2026) bo‘lib o‘tgan navbatdagi brifingda: “Xitoy har doim harbiy mahsulotlar eksporti masalasida ehtiyotkor va mas’uliyatli yondashuvni qo‘llagan. Biz o‘z eksport nazorati qonunlari, tartib - qoidalari va xalqaro majburiyatlarimizga muvofiq qat’iy nazoratni amalga oshiramiz. Asossiz tuhmatlar yoki yomon niyatli boglashlarga qarshimiz” - dedi.

Razvedka iddaolari va yetkazib berish rejasi
Dastlab CNN tomonidan e’lon qilingan, keyinchalik Reuters va The New York Times tomonidan ham keltirilgan xabarlarda; mazkur baholashlardan xabardor uch manbaga tayangan holda AQSh razvedkasi Xitoy yaqin haftalarda Eronga yangi havo mudofaa tizimlarini yetkazib berishga tayyorgarlik ko‘rayotgani bildirilgan.

Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, Pekin kelib chiqishni yashirish maqsadida yuklarni uchinchi davlatlar orqali jo‘natishga urinayotganiga oid belgilar mavjud.

CNN anonim manbalariga ko‘ra Xitoy MANPADS deb nomlangan va yelkadan uchiriladigan havo mudofaa raketa tizimlarini topshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Xitoyning Vashingtondagi elchixonasidan rad etish
Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi vakili ham bu iddaolarni rad etdi. CNN xabariga ko‘ra, vakil Pekinning “mojarodagi hech bir tomonga hech qachon qurol bermaganini” ta’kidlab, AQShni “asossiz ayblovlardan” tiyilishga chaqirdi.

Bu iddaolar Islomoboddagi AQSh – Eron muzokaralari tugashidan sal oldin paydo bo‘ldi. Muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangach, Vashingtonning Eron portlari va Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tish yo‘llarini nishonga olgan dengiz blokadasi e’lon qilishi mintaqadagi keskinlikni yanada kuchaytirdi.