TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Prezident Erdo‘g‘an Buyuk hujumning 104 yilligi munosabati bilan bayonot berdi
26-avgustda boshlangan Buyuk hujum 30-avgustda erishilgan g‘alaba bilan Onado‘lining turk yurti sifatida e’tirof etilishini ta’minladi.
Prezident Erdo‘g‘an Buyuk hujumning 104 yilligi munosabati bilan bayonot berdi
Buyuk Hujumning 104 yilligi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Buyuk hujumning 104 yilligi munosabati bilan Turkiya Respublikasining asoschisi G‘oziy Mustafo Kamol boshchiligida mustaqillik yo‘lida jon fido qilgan shahidlar va fidoyilik ko‘rsatgan faxriylarni rahmat hamda minnatdorlik bilan yod etdi.

Prezident Erdo‘g‘an “NSosyal” tarmog‘idagi sahifasida quyidagilarni yozdi:

“Onado‘lining muqaddas va daxlsiz hududiga cho‘zilgan iflos qo‘llarni yurtimizdan uzib tashlash maqsadida boshlagan Buyuk hujumimizning 104 yilligida G‘oziy Mustafo Kamol boshchiligida mustaqilligimiz yo‘lida jon fido qilgan shahidlarimiz va fidoyilik ko‘rsatgan faxriylarimizni rahmat hamda minnatdorlik bilan yod etaman”.

“Tarix yo‘nalishini o‘zgartirgan kun” sifatida tilga olinadigan 26-avgustda boshlangan Buyuk hujum 30-avgustdagi g‘alaba bilan yakunlanib, Onado‘lining turk yurti sifatida e’tirof etilishini ta’minladi.