TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Prezident Erdo‘g‘an rasmiy tashrif bilan Janubiy Koreyada
Prezident Erdo‘g‘an, Li Je Myonning taklifiga binoan Seul shahriga rasmiy tashrif uyushtirdi.
Prezident Erdo‘g‘an rasmiy tashrif bilan Janubiy Koreyada
_

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Janubiy Koreya Prezidenti Li Je Myonning taklifiga binoan mamlakat poytaxti Seul shahriga rasmiy tashrif uyushtirdi.

Prezident Erdo‘g‘an va uning rafiqasi Emina Erdo‘g‘an Seuldagi Seongnam harbiy - havo bazasiga yetib borganida, ularni Koreya Savdo vaziri Pak Jung Son kutib oldi.

Prezident Erdo‘g‘anning 4 - noyabrga qadar davom etadigan tashrifi doirasida 3 - noyabr, seshanba kuni Janubiy Koreya Prezidenti Li Je Myon bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Uchrashuvlarda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini barcha yo‘nalishlari bo‘yicha muhokama qilish, dolzarb mintaqaviy va global masalalar yuzasidan fikr almashish hamda ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy - huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan bir qator bitimlarni imzolash ko‘zda tutilgan.