Yamandagi husiylar Saudiya Arabistonining sharqiy hududiga uchirgan 3 ta ballistik raketa va 4 ta uchuvchisiz uchish apparati (dron) havo mudofaasi tizimlari tomonidan yo‘q qilingani bildirildi.
Saudiya Arabistoni yetakchiligidagi Arab koalitsiyasi bayonotida husiylar Saudiya Arabistonining sharqiy hududiga ballistik raketalar uchirgani qayd etildi.
Bayonotda “Terrorchi husiy jangarilari tomonidan Saudiya Arabistonining sharqiy hududiga uchirilgan 3 ta ballistik raketa yo‘q qilindi”, deyiladi. Shuningdek, mamlakat janubida aniqlangan 4 ta dron tutib olinib, yo‘q qilingani ma’lum qilindi.
Saudiya Arabistoni Fuqaro mudofaasi boshqarmasi yaqinda Xarj viloyati va mamlakatning sharqiy hududida erta ogohlantirish tizimlari ishga tushirilganini ma’lum qilgan edi.
Yamandagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan husiylar bir muddatdan beri Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod va boshqa ko‘plab hududlarga ballistik raketalar hamda dronlar bilan hujumlar uyushtirib kelmoqda.



























