TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Emine Erdo‘g‘an: Turkiya tinchlik va adolatning tamali oilada ekaniga ishonadi
Emine Erdo‘g‘an oila faqatgina jamiyatning asosi emas, u ayni vaqtda barqaror ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishning markaziy unsuri ekanini qayd etdi.
Emine Erdo‘g‘an: Turkiya tinchlik va adolatning tamali oilada ekaniga ishonadi
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning rafiqasi Emine Erdo‘g‘an.
18 соат олдин

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning rafiqasi Emine Erdo‘g‘an: «Turkiya tinchlik va adolat yo‘li oilada ekaniga ishonadi», - dedi.

Emine Erdo‘g‘an dushanba kuni (22.09.2025) Nsosyal turk ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali bergan bayonotida oila faqatgina jamiyatning asosi emas, u ayni vaqtda barqaror ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishning markaziy unsuri ekanini qayd etdi. Bu hafta Nyu - Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh assambleyasi doirasida Oila va ijtimoiy xizmatlar vazirligi tomonidan uyushtirilgan «Birgalikda yana - da yaxshiroq: Oila asosi global tashabbus» dasturida ishtirok etishdan xursand ekanini ifoda etdi.

Dastur paytida oilani himoya qilish va mustahkamlash borasidagi mushtarak faoliyat sohalari qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

«Oilaga bo‘lgan ko‘z qarashlar xalqaro hamkorlikni qanday mustahkamlashi, ijtimoiy barqarorlikka qanday hissa qo‘shishi va mahalliydan globalga aylantiruvchi kuch sifatida qanday xizmat qila olishlarini muhokama qildik», - degan Emine Erdo‘g‘an:

Oila - qadriyatlarimizni avloddan - avlodga yetkazib beruvchi, farzandlarimiz uchun eng ishonchli boshpana va insonlik kelajagi ekanini ta’kidladi. Erdo‘g‘an so‘zlari davomida inqirozlar, to‘qnashuvlar va falokatlar soyasida bizni boshqargan haqiqat oiladan boshlanishiga esa alohida e’tibor qaratdi.

Oilani qay darajada himoya qila olgudek bo‘lsak unda ana shunchalik adolat, ana shunchalik tinchlik va ana shunchalik farovonlik yarata olishimizni qayd etdi.  

Shuningdek, bu borada aytilgan har qanday ko‘z qarash va takliflar oilani himoya qilish uchun global miqyosda tashlanuvchi shaxdam qadamlarga ilhom baxsh etishini o‘z so‘ziga ilova etdi.