Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi Suriya Prezidenti Ahmad Sharaa bilan Ichki Ishlar vaziri Enes Xattobni DEASh va al - Qoida sanksiyalari roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisida rezolyutsiya qabul qildi.
AQSh tomonidan ishlab chiqilgan rezolyutsiya 14 ovoz bilan qabul qilindi, Xitoy esa betaraf qoldi.
AQShning BMTdagi elchisi Mayk Valts rezolyutsiyaning qabul qilinishini xursandchilik bilan qabul qildi.
Valts mavzu haqida: «Ushbu matnning qabul qilinishi bilan Kengash Suriyaning yangi davrga kirganini tan olgan kuchli siyosiy xabarni ovoza qiladi. Prezident Sharaa bilan Ichki Ishlar vaziri Xattobning sanksiyalar roʻyxatidan olib tashlanishi Suriya xalqiga berilgan eng yaxshi imkoniyatdir», - dedi.
Xitoyning BMTdagi elchisi Fu Kong, rezolyutsiya barcha tomonlarning qonuniy tashvishlarini hal qilmasligini ta’kidladi.
Shu bois Fu Kong AQShga murojaat qilib, shunday dedi: «Rezolyutsiyani kiritgan tomon barcha a’zolarning fikrlarini toʻliq hisobga olmadi va Kengashni jiddiy kelishmovchiliklarga qaramay chora koʻrishga majbur qildi. Bu oʻzining siyosiy kun tartibini ilgari surishga urinishdir».
Xitoy vakili shuningdek: «Xitoy Suriyada xavfsizlik, barqarorlik va taraqqiyotni yaqin kelajakda ta’minlash uchun xalqaro hamjamiyat bilan konstruktiv rol oʻynashga tayyor», - dedi.
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya esa mavzu haqida: «Bu rezolyutsiya Xavfsizlik kengashining Suriya Arab Respublikasining mustaqilligi, birligi va hududiy yaxlitligiga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi», - dedi.
Nebenzya shuningdek: «Bu asosiy tamoyillar va qoidalarga xalqaro hamjamiyatning barcha a’zolari amal qilishini kutamiz. Hatto Suriyaning mustaqil hududining bir qismi, ayniqsa Goʻlan tepaliklarini egallab olish sa’y - harakatlarini davom ettirgan Isroil ham», - degan ifodalarga oʻrin berdi.
Damaskdan ijobiy munosabat
Suriya, BMT Xavfsizlik kengashining Prezident Sharaa va Ichki Ishlar vaziri Xattabni sanksiyalar roʻyxatidan olib tashlash toʻgʻrisidagi rezolyutsiyasini xursandchilik bilan qarshi oldi va buni Damashqning oʻsib borayotgan diplomatik qonuniyligining isboti sifatida ta’rifladi.
Tashqi Ishlar vaziri Asad Shyaboniy «X» platformasi orqali bergan bayonotida: «Suriya diplomatiyasi toʻsiqlarni olib tashlab, oʻzining faol ishtiroki yordamida yana bir bor Suriyaning ochiq - oydin va barqaror kelajagi uchun yoʻl ochishga boʻlgan qat’iyatini tasdiqlamoqda», - degan ifodalarga oʻrin berdi.
Suriya, shuningdek, Amerika Qoʻshma Shtatlari va doʻst mamlakatlarga Suriya va uning xalqini qoʻllab - quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.
Suriya, shuningdek, Amerika Qoʻshma Shtatlari va doʻst mamlakatlarga Suriya va uning xalqini qoʻllab - quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.












