G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
Falastinlik 75 kishining jasadi qariyb 3 yildan keyin dafn etildi
Gʻazoda Falastinlik 75 kishining jasadi qariyb 3 yildan keyin vayronalar ostidan chiqarilib, tuproqqa berildi.
Falastinlik 75 kishining jasadi qariyb 3 yildan keyin dafn etildi
_

Isroil armiyasining 2023 - yil dekabr oyida G‘azo shahrining sharqidagi Daraj mahallasiga qarshi uyushtirgan hujumida halok bo‘lgan falastinlik 75 kishining tanasi qariyb uch yil o‘tib vayronalar ostidan chiqarilib, tuproqqa berildi. Ular orasida ayollar va bolalar ham bo‘lgani aniqlandi.

Isroil armiyasi 2023 - yilning 13 - dekabri kuni Daraj mahallasida tinch aholi yashayotgan ko‘plab uylarni bombardimon qildi. Hujumlar oqibatida ular orasida ayollar va bolalar ham bo‘lgan ko‘plab falastinlik halok bo‘ldi.

G‘azo Harbiy boʻlmagan muhofaza boshqarmasi Isroil hujumlari oqibatida vayron bo‘lgan binolarning xarobalari ostida qolgan tanalarni topish maqsadida olib borayotgan ishlar doirasida falastinlik yana 75 kishining jasadini topdi.

Vayronalar ostidan chiqarib olingan falastinlik 75 kishining jasadi hujumlar sodir etilgan Daraj mahallasida, vayron bo‘lgan binolar orasidagi maydonga yonma - yon qo‘yildi. Falastin bayroqlariga o‘ralgan jasadlar ustiga gullar olib kelindi.

Yillar o‘tib, yaqinlarining jasadlarini topgan falastinliklar o‘z yaqinlari bilan ko‘z yoshlar ichida vidolashdi.

Isroil 2023 - yilning oktabr oyida G‘azo sektoriga qarshi hujum uyushtira boshlaganidan beri, vayron bo‘lgan binolar xarobalari ostida qolgan jasadlarni chiqarib olish uchun G‘azo Harbiy boʻlmagan muhofaza boshqarmasi tomonidan “Shahidlar jasadlarini chiqarib olish” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan edi.

Isroil tomonidan joriy etilgan qamal tufayli ishlar qiyinlashgan G‘azoda qutqaruv guruhlari cheklangan miqdordagi qurilish texnikasi va eskirgan uskunalar yordamida vayronalar ostidagi jasadlarga yetib borishga harakat qilmoqda. Vayronalar ostidan chiqarib olingan jasadlar uchun hududda ommaviy dafn marosimlari o‘tkazilmoqda.