SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Rubio: Trump Eron bilan kelishuvga erishishni afzal ko‘radi
Marko Rubio Bloombergga bergan intervyusida, AQSh Prezidenti Donald Tramp Eron bilan bog‘liq masalalarni muzokaralar orqali hal etishni afzal ko‘rishini bildirdi.
Rubio: Trump Eron bilan kelishuvga erishishni afzal ko‘radi
_
9 соат олдин

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio shanba kuni Bloombergga bergan intervyusida AQSh Prezidenti Donald Tramp Eron bilan bog‘liq masalalarni muzokaralar orqali hal etishni afzal ko‘rishini bildirdi va mavzu haqida: «Prezident, Eron bilan kelishuvga erishishni istashini bildirdi. Buni amalga oshirish juda qiyin ammo u urinib ko‘radi. Hozir aynan shuning ustida ish olib boryapmiz», - dedi.

Rubio davlatlar bir - biri bilan muloqot qilishi kerakligini ta’kidlab so‘zlarini quyidagicha davom ettirdi: «Men hamma bilan gaplashishga tayyor bo‘lgan prezident qo‘l ostida ishlayapman. Agar Oyatulloh (Ali Xomanaiy) ertaga prezident Tramp bilan uchrashmoqchi ekanini aytsa, ishonchim komilki, prezident u bilan uchrashadi; bu Oyatulloh bilan bir fikrda bo‘lgani uchun emas, balki dunyodagi muammolarni hal qilish yo‘li shu deb hisoblagani uchundir».

Yaqin Sharqqa ikkinchi AQSh aviatashuvchisining joylashtirilishi haqidagi savolga javoban Rubio, Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga hech qachon yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidlagan holda buni AQSh, Yevropa, mintaqa va global xavfsizlik uchun tahdid deb hisoblasihini o‘z so‘ziga ilova qildi.

Rubio shuningdek: «Albatta, mintaqada kuchlarimiz bo‘lishini istaymiz chunki Eron AQShning mintaqadagi o‘rniga qarshi javob qaytarish istagi va imkoniyatiga ega ekanini ko‘rsatdi», - dedi va Vashington mintaqadagi ittifoqlari tufayli bazalarga ega ekaniga e’tibor qaratdi.

U so‘zlari yakunida: «Eron o‘tmishda bizni yoki bazalarimizni nishonga olish va tahdid qilishga tayyor ekanini ko‘rsatgan. Shu sababli AQSh, Eron xato qilib katta mojaroni qo‘zg‘atmasligi uchun mintaqada yetarli darajada kuchga ega bo‘lishi kerak», - dedi.