TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an Ozarbayjonga jo‘nab ketdi
8-noyabr — G‘alaba kuni: Prezident Erdo‘g‘an Qorabog‘da Aliyev bilan uchrashadi
Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an Ozarbayjonga jo‘nab ketdi
Cumhurbaşkanı Erdoğan

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an 8-noyabr — Ozarbayjon G‘alaba kuni tantanalarida ishtirok etish uchun Istanbuldan Qorabog‘ga jo‘nab ketdi.

Prezident Erdo‘g‘anni Ozarbayjonning G‘alaba kuni munosabati bilan Ozarbayjonga safari chog‘ida Otaturk aeroportida Vitse-prezident Jevdet Yilmaz, Istanbul hokimi Dovut Gul hamda Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Parti) Istanbul viloyati rahbari Abdulloh O‘zdemir kuzatib qo‘ydi.

Prezident Erdo‘g‘anga rafiqasi Emine Erdo‘g‘an bilan birga Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Ibrohim Yumakli, Milliy razvedka tashkiloti rahbari Ibrohim Qalin, Prezident administratsiyasi Kommunikatsiyalar boshqarmasi rahbari Burhoniddin Duran, Prezidentning tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha bosh maslahatchisi Akif Chag‘atay Qilich, AK Parti raisi o‘rinbosari va Turkiy davlatlar bilan aloqalar bo‘limi rahbari Kurshad Zo‘rlu hamda Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim hamrohlik qildi.

Erdo‘g‘an Aliyev bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi

Prezident Erdo‘g‘an tantanali paradda Ozarbayjon Prezidenti Aliyev bilan birga ishtirok etadi.

Erdo‘g‘an tashrif doirasida Aliyev bilan yakkama-yakka uchrashuv ham o‘tkazadi.

Unda Turkiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi tarixiy qardoshlik aloqalari atroflicha baholanadi, hamkorlik yo‘nalishlarini yanada chuqurlashtirish masalasi muhokama qilinadi. Erdo‘g‘an va Aliyev uchrashuvida mintaqaviy hamda global masalalar ham kun tartibiga chiqadi.