MADANIYAT
2 daqiqa o'qish
Turk milliy madhiyasi qabul qilinganiga bugun 105 yil to‘ldi
«Istiklal marshi» boshqacha qilib aytganda Turk milliy madhiyasi qabul qilinganiga bugun 105 yil to‘ldi.
Turk milliy madhiyasi qabul qilinganiga bugun 105 yil to‘ldi
_
3 соат олдин

Mehmet Akif Ersoy qahramon turk armiyasiga bag‘ishlab qalamga olgan va turk xalqining mustaqilligi ramzi hisoblangan «Istikbal marshi» boshqacha qilib aytganda Turk milliy madhiyasi bundan 105 yil oldin qabul qilindi.

TBMM tashkil topganidan bir yil o‘tib, paydo bo‘lgan ehtiyoj sababli «Milliy madhiya» yozish uchun 500 lira mukofotli tanlov e’lon qildi.

Mukofot miqdorini belgilagan va tanlovni tashkil etgan o‘sha davrdagi Maorif vazirligi rahbari Riza Nur tanlovga matn uchun ajratilgan 500 liradan tashqari, kuy (bastasi) uchun ham 500 lira mukofot qo‘ydi.

Tanlovga imkon qadar ko‘p ishtirokchi jalb qilish uchun TBMM faoliyat yuritayotgan gazetalar hamda mamlakat bo‘ylab yetib borishi mumkin bo‘lgan barcha joylarga e’lonlar yubordi. Natijada 6 oy ichida 724 ta she’r kelib tushdi.

Bu 724 ta she’rni baholash uchun parlament tarkibida faoliyat yuritgan Maorif vazirligi maxsus komissiya tuzdi. Komissiyaga tayinlangan mutaxassislar barcha she’rlarni birma - bir o‘qib chiqib baholadilar va ular orasidan 6 tasini saralab oldilar.

Pul mukofoti qo‘yilgani sababli tanlovda qatnashishni istamagan o‘sha davrning Burdur viloyati deputati Mehmet Akif Ersoy keyinchalik Hamdulloh Suphiy Tanrio‘verning qat’iy iltimosi ortidan Tajeddin dargohida qalamga olgan va turk armiyasiga murojaat tarzida bitilgan she’ri bilan tanlovda ishtirok etdi.

O‘tkazilgan saralashlar natijasida, Turkiya Buyuk Millat Majlisining 1921 - yilning 12 - marti kuni bo‘lib o‘tgan majlisida Mehmet Akif yozgan she’r jo‘shqin qarsaklar ostida qabul qilindi. Majlisda yoki parlamentda Istiklal marshini birinchi bo‘lib o‘qigan shaxs ham Hamdulloh Suphiy Tanrio‘ver bo‘ldi.

Mehmet Akif Ersoy, sh’eri qabul qilinganidan so‘ng davlat byudjetidan ajratilgan 500 lira mukofotni ayollar va bolalarga kasb - hunar o‘rgatish bilan shug‘ullanuvchi Darul mesai fondiga ehson qildi.