DUNYO
1 daqiqa o'qish
Yaponiyada 5,7 magnitudali zilzila sodir bo'ldi
Shizuokada tungi zilzila: 20 dan ortiq jarohatlanganlar bor, poyezd qatnovlari to‘xtatildi.
Yaponiyada 5,7 magnitudali zilzila sodir bo'ldi
JAPAN

Kyodo agentligi xabariga ko‘ra, Yaponiya Meteorologiya agentligi (JMA) Shizuoka prefekturasining g‘arbida mahalliy vaqt bilan soat 01:04 da 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘lganini e’lon qildi.

Zilzila oqibatida Aichi va Shizuoka prefekturalarida 20 dan ortiq kishi tan jarohati oldi.

Chuqurligi taxminan 40 kilometr bo‘lgan zilziladan so‘ng sunami xavfi e’lon qilinmadi, biroq silkinish tufayli hududdagi ayrim poyezd qatnovlarida uzilishlar yuzaga keldi.

Mutasaddilar mazkur zilzila Aichida so‘nggi 30 yil ichida sezilgan eng kuchli silkinish ekanini ta’kidladilar.