Turkiyaning suv mahsulotlari eksporti oʻsishda davom etar ekan, oʻtgan 2025 - yili dunyoning 133 mamlakatiga qariyb 2,2 milliard dollarlik mahsulot yetkazib berildi.
Turkiya Savdo vazirligi tomonidan berilgan bayonotga koʻra mamlakatning ushbu sohadagi ishlab chiqarish quvvati, sifat infratuzilmasi va eksport koʻrsatkichlari yana - da mustahkamlangani ta’kidlandi.
Bayonotda xalqaro ma’lumotlarga e’tibor qaratilib, 2021 - yilda 167,9 milliard dollarni tashkil etgan jahon suv mahsulotlari eksporti oʻtgan yil yakuniga kelib qariyb 11 foizga oʻsib, 186 milliard dollarga yetgani bildirildi.
Shuningdek, Turkiyaning suv mahsulotlari eksporti ham ayni davrda qariyb 64 foizga oshib, 1,38 milliard dollardan 2,2 milliard dollarga koʻtarilgani qayd etildi. Oʻtgan yili Turkiya suv mahsulotlari 133 mamlakatga eksport qilingani alohida ta’kidlandi.
Turkiyaning suv mahsulotlari eksporti o‘sishda davom etmoqda. Mamlakat o‘tgan yili 133 davlatga qariyb 2,2 milliard dollarlik suv mahsulotlari eksport qildi.



















