DUNYO
1 daqiqa o'qish
Pokistonda kuchli yomg‘ir: maktablar yopildi
Pokistonda kuchli yog‘ingarchilik tufayli maktablar vaqtinchalik yopildi.
Pokistonda kuchli yomg‘ir: maktablar yopildi
_

Pokistonda kuchli yog‘ingarchilik tufayli ko‘plab hududlarda suv sathi xavfli darajaga ko‘tarilgani sababli poytaxt Islomobod va Ravalpindi shahridagi maktablarda ta’lim jarayoni vaqtincha to‘xtatildi.

Geo News telekanalining xabariga ko‘ra, Pokiston Meteorologiya departamenti (PMD) mamlakatning ko‘plab hududlarida kuchli yog‘ingarchilik kuzatilganini ma’lum qildi.

Ravalpindi hududi rasmiylaridan Nadeem Nasir yog‘ingarchilik sababli tegishli bo‘linmalar yuqori shaylik holatiga o‘tkazilganini bildirdi.

Pokiston Suv ta’minoti va sanitariya boshqarmasi kuchli yog‘ingarchilik tufayli Nullah Lai hududidagi suv to‘planadigan havzalarda «favqulodda holat» e’lon qilinganini ma’lum qildi.

Islomobod va Ravalpididagi maktablar hamda ta’lim muassasalarida ta’lim qachon qayta boshlanishi haqida esa hozircha ma’lumot berilmadi.