TURKIYA
4 daqiqa o'qish
Turkiya Yaqin Sharqdagi urushni to‘xtatish uchun diplomatik harakatlarni kuchaytirdi
Hakan Fidan Anqarada nemis hamkasbi Yohan Vadeful bilan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanda Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi.
Turkiya Yaqin Sharqdagi urushni to‘xtatish uchun diplomatik harakatlarni kuchaytirdi
_
2 соат олдин

Turkiya Yaqin Sharqda avj olib borayotgan mojaroni to‘xtatish uchun diplomatik harakatlarni kuchaytirdi. AQSh, Isroil va Eron o‘rtasidagi janglar mintaqaga yoyilmasligi uchun tezlik bilan otashkesim yo‘lga qo‘yilishi va muzokaralarga qaytilishi kerakligini qayd etdi.

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan payshanba kuni Anqarada nemis hamkasbi Yohan Vadeful bilan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida, urushni to‘xtatishga yordam berish maqsadida Anqara ham Tehron ham Vashington bilan faol muloqotda ekanini bildirdi.

Hakan Fidan mavzu haqida: «Muzokara va muloqot zarur bo‘lgan bir davrdamiz. Bugungi kunda bunga har doimgidan ham ko‘proq muhtojmiz. Shu yo‘nalishdagi sa’y - harakatlarimiz davom etadi. Biz ham Eron tomoni, ham Amerika tomoni bilan gaplashyapmiz», - dedi.

Turkiyaning asosiy maqsadi voqeaning yanada keskinlashishni oldini olish ekanini ta’kidlagan Fidan: «Oxirgi kunlarda urushning eng kuchli lahzalarini boshdan kechirdik. Bu holatning yanada avj olishi tomonlarning muzokaraga bo‘lgan ehtiyojini kun tartibiga olib chiqmoqda», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Vaziyat, joriy yilning 28 - fevralda boshlandi. Unda, AQSh bilan Isroil Eronga qarshi birgalikda hujum uyushtirdi. Natijada Tehron javob tariqasida Isroil, Iordaniya, Iroq va AQSh harbiy obyektlari joylashgan bir nechta Fors ko‘rfazi davlatlarini nishonga olgan hujumlar uyushtirdi.

Eron rasmiylariga ko‘ra mazkur hujumlar oqibatida 1 ming 300 nafardan ortiq inson halok bo‘ldi. Ular orasida Eronning Diniy lideri Ali Hamaney bilan 150 nafardan ortiq maktab o‘quvchisi qizlar bor edi. Bu holat, mintaqadagi taranglikni battar orttirdi.

Turkiya Eronni barqarorsizlashtirishga qarshi

Fidan mojarolar markazida Eron ichidagi bo‘linishlardan foydalangan holda vaziyatni kuchaytirishga urinishlarga esa mutlaqo qarshi ekanini ta’kidladi.

Anqara, Eronda ichki urush chiqarishni va etnik yoki diniy masala ustidan urushni kuchaytirishni ko‘zlagan har qanday rejaga butunlay qarshi ekanini ifoda etdi.

Hakan Fidan Eronning hududiy yaxlitligi hurmat qilinishi kerakligini qayd etgan holda etnik yoki mazhabiy keskinliklardan foydalanib, mamlakatni beqarorlashtirishga urinishlarga qarshi ogohlantirdi.

Urush mintaqaga yoyilmasligi uchun chora ko‘rish chaqiriqlari

Turkiya Tashqi Ishlar vaziri, shuningdek, Isroilning Livanga qarshi davom etayotgan bombardimonini tanqid qilgan holda bu urush mamlakatni qulatish xavfi tug‘dirishi mumkinligiga e’tibor qaratdi.

«Livan davlati qulamay turib Isroil hujumlari to‘xtatilishi kerak», - degan Hakan Fidan, janglar taxminan bir million insonni o‘z uy - joyidan ko‘chib ketishga majbur qilganini ifoda etdi.

U bunday vaziyat mintaqaning kengroq hududiga, xususan qo‘shni davlatlarga jiddiy ziyon yetkazishi mumkinligini bildirdi.

Livan Eron tomonidan qo‘llab - quvvatlangan Hizbulloh guruhining, AQSh - Isroil hujumlarida Hamaney o‘ldirilishi ortidan Isroilga qarshi hujum uyushtirishi ortidan urushning ichiga kirib qoldi.

Anqarada Hakan Fidan bilan uchrashgan Germaniya Tashqi Ishlar vaziri Vadeful ham, urush yanada keskinlashmasligi uchun chora ko‘rilishi zarurligini ta’kidladi.

Vadeful: «Bizning vazifamiz bu urushni yanada yoyilishdan saqlashdir», - dedi. Xalqaro hamjamiyat mojaro qanday barqaror tarzda hal etilishi mumkinligi hamda ishonchli mintaqaviy xavfsizlik arxitekturasi qanday tashkil etilishi lozimligini zudlik bilan ko‘rib chiqishi kerakligini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Erdo‘g‘an takror otashkesim va diplomatiyani tiklashga chaqirdi

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an ham taranglikni kamaytirish chaqirig‘ini takrorlab, Anqara, tomonlarni muzokara stoliga qaytarish uchun faol ish olib borayotganini bildirdi.

Erdo‘g‘an chorshanba kuni (11.03.2026) partiyasining TBMM guruhidagi yig‘ilishida Turkiyaning Eron masalasidagi munosabati ochiq - oydin o‘rtada ekanini ifoda etgan holda Anqara har doim urush emas, tinchlik tarafdori ekanini ifoda etdi.

Anqara o‘q uzishni to‘xtatish, sulhga erishish va muzokaralarni tiklash uchun faol ish olib borayotgani qayd etildi.

Shuningdek: «Bu urush yoyilmay, mintaqani butunlay yong‘in markaziga aylantirmay turib to‘xtatilishi kerak. Diplomatiyaga imkon berilgudek bo‘lsa buni amalga oshirish mumkin», - dedi.

Erdo‘g‘an, Turkiya, voqealarni yaqindan kuzatayotgani va ortib borayotgan beqarorlikdan o‘zini himoya qilish uchun chora ko‘rilayotgani, shu bilan birga diplomatik muloqotni davom ettirayotganini o‘z so‘ziga ilova etdi.

U, shuningdek, Binjamin Netanyaxu hukumati mintaqadagi beqarorlikni kuchaytirayotganini tanqid qilib; hozirgi yo‘nalish inqirozni chuqurlashtirish xavfini tug‘dirishi mumkinligini ifoda etdi.

Bir vaqtning o‘zida Erdo‘g‘an, taranglikni yanada kuchaytirishi mumkin bo‘lgan mazhabiy mavzularga asoslangan ko‘z qarashlarni rad etishini ta’kidladi.

«Irq, mazhab, din, til yoki kelib chiqishga asoslangan ajratishlarni rad etamiz» - degan Erdo‘g‘an: «Avval ham aytdim. Bugun takror ta’kidlayman. Bizning sunniylik yoki shialik kabi dinimiz yo‘q, bizning yagona dinimiz bordir. U ham bo‘lsa islomdir», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Diplomatiya va mintaqaviy xavfsizlikni muvozanatlash

Urush shiddatiga qaramay turk rasmiylari muloqot qayta tiklangudek bo‘lsa, diplomatik yechim hali ham mumkinligini ta’kidlamoqda.

Erdo‘g‘an, Anqara, muzokara stoliga qaytilishi va diplomatiyani jonlantirish uchun sabr bilan sa’y - harakatlarni davom ettirayotganini ifoda etgan holda Turkiya mintaqadagi inqirozlarga befarq qolmasligini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Prezident shuningdek, ayniqsa mazhabiy mojaro chiqarish urinishlari orqali Yaqin Sharqda sahnalashtirilayotgan qonli senariylarga qarshi ogohlantirdi.

Janglar davom etib, mintaqaviy keskinlik avj olar ekan Turkiya yetakchiligi urushning yanada keng ko‘lamli yong‘inga aylanib ketishini oldini olishga intilgan asosiy diplomatik o‘yinchi sifatida o‘zini namoyon qilmoqda.