Muloqotda Turkiya–Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek, mintaqaviy va global masalalar muhokama qilindi.
Prezident Erdo‘g‘an Turkiya Saudiya Arabistoniga qarshi uyushtirilgan hujumlardan chuqur qayg‘uda ekanini hamda doimiy tinchlik o‘rnatilishi, mintaqada osoyishtalik va barqarorlik hukm surishi uchun sa’y-harakat olib borayotganini bildirdi.
Prezident Erdo‘g‘an Isroilning G‘azo tinchlik rejasi ikkinchi bosqichiga oid yo‘l xaritasiga to‘liq rioya qilishi rejaning muvaffaqiyati uchun zarur ekanini ta’kidlab, Turkiya voqealar rivojini juda yaqindan kuzatayotganini ma’lum qildi.



















