Donald Tramp: Eronga nima qilishimizni kutib turing va ko‘ring
AQSh Prezidenti Donald Tramp Eron bilan taranglashgan munosabatlarga to‘xtalar ekan, Tehron hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lmasligini yana bir bor ta’kidladi hamda rasmiy Vashingtonning keyingi qadamlariga shama qildi.
AQSh rahbari Alyaska shtatining Vasilla shahrida, Kongressga oraliq saylovlar oldidan o‘tkazilgan ommaviy mitingda so‘zga chiqib, Eron atrofidagi vaziyat haqida keskin bayonot berdi.
"Ularning Adabini Berib Qo‘yamiz"
TAVSIYA ETILADI
Tramp o‘z nutqida Eronning yadroviy ambitsiyalariga yo‘l qo‘yilmasligini eslatib, rasmiy Tehron yo‘nalishida qat’iy choralar ko‘rilishidan ogohlantirdi.
“Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lmaydi. Ularga nima qilishimizni kutib turasiz va ko‘rasizlar. Eronga kunini ko‘rsatib, adabini berib qo‘yamiz”, — dedi AQSh Prezidenti.






















