Milliy Razvedka Tashkiloti (MRT) rahbari Ibrahim Kalin Iroq shimolidagi Kerkuk shahriga tashrif buyurib, yuqori darajadagi uchrashuvlar o'tkazdi.
Kalin chorshanba kuni Kerkuk xalqaro aeroportida ayni paytda Iroq Turkmanlari jabhasi (ITJ) raisi ham bo‘lgan Kerkuk gubernatori Muhammad Saman Og‘a tomonidan kutib olindi.
Kerkukdagi dastlabki manzili tarixiy Kerkuk qal’asi bo‘lgan Kalin bu yerda ko‘zdan kechirish ishlarini olib bordi hamda turk shahidlari qabristonini ziyorat qildi.
Shundan so‘ng Kalin Iroq Turkmanlari jabhasi (ITJ) Bosh qarorgohiga borib, turkman rasmiylari bilan uchrashdi.
MRT rahbari, shuningdek, gubernatorlik binosida Muhammad Saman Og‘a bilan ham muzokara o‘tkazdi.
Bog‘doddagi diplomatik uchrashuvlar
Kalin dushanba kuni Iroq poytaxti Bag‘dodda bir qator yuqori darajali uchrashuvlar o‘tkazdi.
U Iroq Prezidenti Nizor Amidi, Parlament raisi Haybat al - Halbusi, Oliy sud kengashi raisi Foyiq Zaydon, Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Basim al - Badriy, Tashqi Ishlar vaziri Fuad Husayn, Milliy Hikmat harakati yetakchisi Ammor al - Hakim, Mustaqillik ittifoqi rahbari Xamis al - Xanjar hamda Taqaddum partiyasi yetakchisi Muhammad al - Halbusi bilan uchrashdi.
Uchrashuvlarda Turkiya va Iroq o‘rtasidagi xavfsizlik hamda razvedka sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.



















