ABD Janubiy qo‘mondonligi, Tinch okeanda giyohvand moddalar olib ketayotganlikda gumon qilingan kemaga qarshi uyushtirilgan hujumda to‘rt nafar narko - terrorchi o‘ldirilganini ma’lum qildi.
AQSh Janubiy qo‘mondonligi chorshanba kuni (17.12.2025) bergan bayonotida, AQSh harbiylari Sharqiy Tinch okeanida “giyohvand moddalar kontrabandasi bilan shug‘ullanuvchi” va “terrorchi tashkilot tomonidan boshqarilgan” kemaga qarshi o‘lim bilan yakunlangan zarba berganini bildirdi.
Bayonotda, “Jami to‘rt nafar erkak narko - terrorchi yo‘q qilindi, AQSh harbiylaridan hech kim jabrlanmadi”, - deyildi.
So‘nggi hujum bilan birga halok bo‘lganlar soni 99 nafarga yetdi. AQSh sentabr oyidan buyon Karib dengizi va Sharqiy Tinch okeanida giyohvand moddalar kontrabandasi bilan shug‘ullanayotganlikda gumon qilingan kemalarga qarshi hujumlar uyushtirib kelmoqda.
AQSh Prezidenti Donald Tramp shuningdek, Venesuela qirg‘oqlari yaqinida yirik harbiy kuch joylashtirilishiga ko‘rsatma berib, bu hafta Karakasga borib qaytgan. Hozirda esa sanksiya ostida bo‘lgan neft tankerlariga nisbatan blokada e’lon qildi.
Bu voqealar, AQSh olib borayotgan kampaniyaning giyohvand moddalar kontrabandasini to‘xtatishga qaraganda ko‘proq rejim almashuvini ko‘zlayotganini iddao etib kelayotgan Venesuela Prezidenti Nikolás Maduroga bosimni tobora kuchaytirmoqda.
















