DUNYO
2 daqiqa o'qish
Medvedev Trampni masxara qildi: Grenlandiya Rossiyaga qo‘shilishi mumkin
Medvedev Trampning Grenlandiyani nazorat qilishga qaratilgan yangilangan urinishlarini masxara qilib, orolning 55 ming aholisi bir zumda Rossiyaga qo‘shilish yo‘lida ovoz berishi mumkinligini aytdi.
Medvedev Trampni masxara qildi: Grenlandiya Rossiyaga qo‘shilishi mumkin
ARXIV: Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisining oʻrinbosari Dmitriy Medvedev Rossiyaning Moskva viloyatidagi Dubna shahrida yigʻilishda ishtirok etmoqda. / Reuters
13 январ 2026

Interfaks axborot agentligining dushanba kungi xabariga ko‘ra, Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev, agar AQSh Prezidenti Donald Tramp Arktika orolini qo‘lga kiritish masalasida tez harakat qilmasa, grenlandiyaliklar Rossiyaga qo‘shilish uchun ovoz berishi mumkinligini bildirdi.

Rossiyaning sobiq prezidenti Medvedev shunday dedi:
“Tramp shoshilishi kerak. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, bir necha kun ichida kutilmaganda referendum o‘tkazilishi mumkin va 55 ming kishilik butun Grenlandiya aholisi Rossiyaga qo‘shilish uchun ovoz berishi ehtimol.”
U so‘zida davom etib: “Shundan keyin hammasi tugaydi. (AQSh) bayrog‘iga yangi kichik yulduzlar qo‘shib bo‘lmaydi”, dedi.

Tramp Vashington Rossiyani jilovlash uchun Grenlandiyaga egalik qilishi zarur, deya ta’kidlab, Daniyaga qarashli muxtor hudud bo‘lgan orolni nazoratga olish g‘oyasini yana kun tartibiga olib chiqdi. AQSh prezidenti Grenlandiyaning joylashuvi va resurslari uni milliy xavfsizlik uchun hayotiy ahamiyatga ega qiladi, deb hisoblaydi. Biroq bu fikr Daniya va Grenlandiya tomonidan keskin e’tirozlarga sabab bo‘ldi.

Rossiya Grenlandiya ustidan hech qanday huquqiy da’voga ega emas. Shunga qaramay, Shimoliy Atlantika dengiz yo‘llaridagi o‘rni hamda u yerda joylashgan yirik AQSh harbiy va kosmik kuzatuv bazasi tufayli orolning Arktika xavfsizligidagi strategik rolini uzoq vaqtdan beri diqqat bilan kuzatib keladi.

Kreml Trampning bu tashabbusi yuzasidan rasmiy izoh bermadi. Ammo o‘tgan yili Arktikani Rossiyaning milliy va strategik manfaatlari hududi sifatida ta’riflab, Grenlandiya atrofidagi “juda dramatik” munozarani yaqindan kuzatayotganini bildirgan edi.

Rossiya–Ukraina urushi Arktika mintaqasidagi hamkorlikning katta qismini izdan chiqardi. Iqlim o‘zgarishi yangi dengiz yo‘llari va resurs imkoniyatlarini ochib berar ekan, mintaqa tobora raqobatli va keskinlashgan maydonga aylanmoqda.

Boxabar bo'ling!