TURK DUNYOSI
3 daqiqa o'qish
Turkiy Davlatlar Tashkiloti 16 yoshga to‘ldi!
TDT Ozarbayjonda “Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik” mavzusi ostida oʻzining 12-sammitini oʻtkazadi.
Turkiy Davlatlar Tashkiloti 16 yoshga to‘ldi!
TDT
6 октябр 2025

Turk dunyosining mushtarak qudrati – Turkiy davlatlar tashkilotiga 16 yil to‘ldi!

Turkiy Davlatlar Tashkilotining umumiy hududi 4,25 million kvadrat kilometr, aholisi taxminan 160 million kishi.

Turk dunyosining mushtarak qudrati 7-oktyabr kuni Ozarbayjonda “Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik” mavzusi bilan oʻzining 12-sammitini oʻtkazadi.

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) o‘zining 16 yilligini nishonlamoqda.

Dastlab “Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy Kengash)” nomi bilan atalgan tashkilotga 2009-yil 3-oktyabrda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya tomonidan imzolangan Naxchivan kelishuvi bilan asos solingan.

Mushtarak tarixiy va madaniy qadriyatlarga ega boʻlgan Turk dunyosining integratsiyasini maqsad qilgan TDT, aʼzo davlatlar bilan iqtisodiyot va siyosatdan taʼlim va madaniyat, mudofaa va xavfsizlik, transport va bojxona, turizm va sportga qadar keng koʻlamli sohalarda hamkorlik uchun poydevor yaratadi.

Ayni paytda mintaqaviy e’tirofga sazovor bo‘layotgan TDT xalqaro tashkilotga aylandi, unga a’zo davlatlar 4,25 million kvadrat kilometr hududi va taxminan 160 million aholisi bilan turkiy dunyoning umumiy qudratini ifodalaydi va uning geosiyosiy ta’sirini oshiradi.

2021-yil 12-noyabr kuni Istanbul shahrida boʻlib oʻtgan Davlat rahbarlarining 8-sammitida Turkiy kengash nomining “Turkiy davlatlar tashkiloti” deb oʻzgartirilishi turkiy dunyoda xalqaro maydondagi integratsiya jarayonlarida yangi davrning boshlanishi sifatida talqin etildi.

Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya va Oʻzbekiston TDTning toʻlaqonli aʼzolari, Turkmaniston, Vengriya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (SHKTR) esa kuzatuvchi maqomiga ega. Bosh qarorgohi Istanbulda joylashgan TDT Davlat rahbarlari kengashi, tashqi ishlar vazirlari kengashi, oqsoqollar kengashi, yuqori mansabdor shaxslar qoʻmitasi va kotibiyatdan iborat.

Bundan tashqari, TDT Turkiy Davlatlar Parlament Assambleyasi (TURKPA), Turk Akademiyasi, Turk Madaniyat Tashkiloti (TÜRKSOY), Turkiya Investitsion Jamg'armasi, Turk Madaniyati va merosi Jamg'armasi kabi hamkorlik mexanizmlari uchun soyabon tashkilot bo'lib xizmat qiladi.

TDT shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT), Islom Hamkorligi Tashkiloti (IHT) va Jahon Bojxona Tashkiloti (JST) kabi koʻplab xalqaro tashkilotlar bilan ham hamkorlik qiladi.

Vengriyaning Budapesht shahrida vakolatxonasini ochgan TDT kuzatuvchi aʼzo Vengriya, shuningdek, Yevropa Ittifoqi, EXHT, OECD va Vishegrad guruhi kabi institutlar bilan aloqalarini mustahkamlash va Yevropada koʻrinishini oshirishni maqsad qilgan.

“Turk dunyosi-2040 Vizyon Hujjati” bilan kelajakdagi strategik maqsadlarini belgilab olgan TDT oʻzaro ishonchni mustahkamlash, siyosiy birdamlikni kuchaytirish, iqtisodiy va texnik hamkorlik imkoniyatlarini oshirish, insonlar oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, turkiy dunyoning tarixiy va madaniy merosini asrab-avaylashni maqsad qilgan.

O'tgan 16 yil davomida TDT nafaqat davlat institutlari, balki qardosh jamoalar o'rtasida ham aloqalarni mustahkamladi.

Hamkor tashkilotlarning faoliyati xalqlarning umumiy qadriyatlariga qiziqishni oshirdi va yaqinda Turkiy Akademiyaning Turk dunyosi umumiy alifbo komissiyasi 34 harfdan iborat umumiy turkiy alifbo boʻyicha murosaga kelgani haqidagi xabar turkiy dunyoda katta quvonch bilan kutib olindi.

Tashkil etilgan kundan buyon davlat rahbarlari darajasida 11 marta sammit tashkil etgan TDT 7 oktyabr kuni Ozarbayjonda "Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik" mavzusida 12-sammitini o'tkazishga tayyorlanmoqda.

Boxabar bo'ling!
Turkiy davlatlar umumiy alifbo yaratishga intilmoqda
Erdo‘g‘an turkiy davlatlarni mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlashda faol rol o'ynashga chaqirdi
Armaniston BMT Bosh assambleyasida Ozarbayjon bilan tinchlik o‘rnatilganini e’lon qildi
Ozarbayjon bilan Iroq munosabatlarini mustahkamlamoqda
Fransiyada qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovga bag‘ishlangan YUNESKO anjumani bo‘lib o‘tdi
Ilhom Aliyev: Hindiston Ozarbayjondan qasos olmoqchi
Rossiya Qozog‘istonning birinchi atom elektr stansiyasini qurish ishlarini boshladi
ShKTR josuslikda gumon qilingan greklarni nazorat ostiga oldi
Kipr masalasiga siyosiy yechim yo'lida diplomatik sa'y-harakatlar kuchaymoqda
Erdo‘g‘an bilan Aliyev Turkiya - Ozarbayjon munosabatlarini qo‘lga oldi
Ozarbayjon bilan Rossiya bir – biriga qarshi diplomatik tusda norozichilik bildirdi
Rossiya va Qozog‘iston atom elektr stansiyasining yo‘l xaritasi bo'yicha kelishib oldi
Rossiya Qarabog'ni Ozarbayjon hududi deb tan oldi
Oʻzbekiston BRIKSning yangi taraqqiyot bankiga aʼzo boʻladi
Qirg‘izistonning O‘sh viloyatidagi Lenin haykali olib tashlandi
Erdo'g'an, Ilhom Aliyev va Shahboz Sharif Lochin xalqaro aeroporti ochilishida ishtirok etadi
Turkiy Davlatlar Tashkiloti rahbarining aytishicha, Suriya bo'yicha tashabbuslar Turkiya diplomatiyasining o'sishini ko'rsatadi
Turkiya va Oʻzbekiston Turkiy davlatlar xalqaro universitetini tashkil etdi
Armaniston Bosh vaziri Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasini imzolashga tayyor
Qirg'iziston-Tojikiston chegara kelishuvining Markaziy Osiyo kelajagiga ta'siri