DUNYO
1 daqiqa o'qish
Isroil Suriyaning Idlib viloyatidagi Abu Zuhur harbiy aeroportiga zarba berdi
Hujumlarda halok bo‘lgan yoki yaralanganlar bor-yo‘qligi hozircha noma’lum
Isroil Suriyaning Idlib viloyatidagi Abu Zuhur harbiy aeroportiga zarba berdi
(ARXIV) Isroil Suriyaning Idlib viloyatidagi Abu Zuhur harbiy aeroportiga zarba berdi

Isroil armiyasiga tegishli harbiy samolyotlar Suriya shimolidagi Idlib viloyatining sharqida joylashgan, foydalanilmayotgan Abu Zuhur harbiy aeroportiga to‘rtta havo hujumi uyushtirdi.

Mahalliy manbalarga ko‘ra, hujumlar mahalliy vaqt bilan soat 03:00 atrofida amalga oshirilgan. Isroil harbiy samolyotlari Abu Zuhur harbiy aeroportini to‘rt marta nishonga olgan.

Hujumlarda halok bo‘lgan yoki yaralanganlar bor-yo‘qligi haqida hozircha ma’lumot berilmadi.

Suriya rasmiylari ham hujum yuzasidan hozirga qadar hech qanday bayonot bermadi.

Bashar Asad rejimi ag‘darilishidan oldin Isroil Suriyada Eron kuchlari va “Hizbulloh”ga tegishli pozitsiyalarni nishonga olgan hujumlarni amalga oshirib kelgan.

Rejim ag‘darilganidan keyin esa Isroil Suriya bo‘ylab qurol-yarog‘ va raketa omborlari hamda strategik harbiy obyektlarga qaratilgan hujumlari ko‘lamini kengaytirdi.