Isroil Mudofaa vaziri, Hamas G‘azoda o‘q uzishni to‘xtatish kelishuviga amal qilmagudek bo‘lsa unda takror genotsid uyushtirishi va armiyaga Falastin qarshilik harakatini yer bilan yakson qilish ustidan buyruq berishini ma’lum qildi.
Israel Kartzning chorshanba kuni bergan bayonotida, «Hamas kelishuvga amal qilishdan bosh tortgudek bo‘lsa unda Isroil Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan muvofiqlashgan holda Hamasni butunlay mag‘lub etish, G‘azodagi vaziyatni o‘zgartirish va urushning barcha maqsadlariga erishish uchun harakatga o‘tadi», - dedi.
Katz, shuningdek, G‘azodagi tunnellarni yo‘q qilish asosiy harbiy maqsad ekani va Isroil AQSh boshchiligidagi xalqaro kuchlar bilan hamkorlik qilishini ifoda etdi.
Bu bayonot oldidan Hamasning qurolli qanoti Qassam brigadalari, Isroilning havo hujumlari chog‘ida halok bo‘lgan isroillik ikki nafar mahbus jasadlarini topshirganini e’lon qilgandi.
Falastin tashkiloti qolgan jasadlarni eksgumatsiya qilish uchun katta kuch va maxsus jihozlar kerakligini bildirgan holda rasmiylar bu ishni butunlay yopish ustida ish olib borayotganiga e’tibor qaratdi.
Istalgan vaqtda qayta boshlashi mumkin
Ikkala tomon ham AQSh, Qatar, Turkiya va Misr o‘rtamchiligida yo‘lga qo‘yilgan otashkesim kuchini saqlab qolishga harakat qilmoqda.
AQSh Prezidenti Donald Tramp Vashingtonda, Hamas kelishuv shartlarini bajarmagudek bo‘lsa unda Isroil G‘azodagi qenotsidni istalgan vaqtda qayta boshlatishi mumkinligini qayd etdi. Hatto bu borada ogohlantirdi.
O‘tgan hafta erishilgan otashkesim kelishuvi mahbuslarning bosqichma - bosqich ozod etilishi va isroillik qo‘shinlarning G‘azodan chiqib ketishini o‘z ichiga oladi.
Ammo Isroil o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay falastinliklarni o‘ldirishda davom etmoqda.
O‘rtamchilar kelishuvning keyingi bosqichini kafolat ostiga olish va Isroil G‘azoda takror genotsid uyushtirmasligi uchun chora ko‘rishni davom ettirar ekan, mintaqada keskinlik yuqoriligicha qolmoqda.

















