TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Fidan: Turkiya bilan Suriya umumiy kelajakka ega
Hakan Fidan Suriya Tashqi Ishlar vaziri Asad ash - Shayboniy bilan uchrashib, qo‘shma matbuot anjumani uyushtirdi.
Fidan: Turkiya bilan Suriya umumiy kelajakka ega
_

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Suriya Tashqi Ishlar vaziri Asad ash - Shayboniy bilan uchrashib, qo‘shma matbuot anjumani uyushtirdi.

Hakan Fidan mavzu haqida bergan bayonotida: «Amalga oshirayotgan ishlarimiz davomida Suriyaning tobora barqarorlashib borayotgani va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik tobora chuqurlashayotganini bevosita kuzatmoqdamiz. Bu holat mintaqamiz va davlatlarimiz kelajagi nuqtai nazaridan bizga katta umid bag‘ishlamoqda» - dedi.

«Oramizda umumiy kelajak bor»

Hakan Fidan bu haqida yana shunday dedi: «Suriyadagi ijobiy manzara mintaqaviy mas’uliyat va hamjihatlik ruhida birgalikda olib borgan sa’y - harakatlarimiz natijasidir. Avval ham bir necha bor ta’kidlaganimizdek, Turkiya bilan Suriyaning farovonligi hamda barqarorligini bir - biridan alohida tasavvur qilish mumkin emas. Bizni faqat 900 kilometrdan ortiq chegara emas, balki mushtarak tarix, mushtarak madaniyat va mushtarak kelajak ham bog‘lab turadi» - degan ifodalarga o‘rin berdi.

«Suriya bilan aloqalarimizni rivojlantirmoqdamiz»

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan o‘z so‘zida shuningdek: «Biz Suriya bilan iqtisodiy aloqalarimizni ham yangi davr talablariga mos ravishda rivojlantirmoqdamiz. Ikki tomonlama savdo hajmini oshirish maqsadida bojxona tartib - taomillarini soddalashtirish, chegara nazorat - o‘tkazish punktlari salohiyatini kengaytirish, bank kanallarini qayta ishga tushirish hamda transport infratuzilmalarini o‘zaro uyg‘unlashtirish ayni paytda ustuvor vazifalarimiz sirasiga kiradi.

Davlat idoralarimiz va xususiy sektorimiz Suriyani qayta tiklash, energetika infratuzilmasini rivojlantirish hamda transport tizimini rekonstruksiya qilishga hissa qo‘shish uchun faoliyat olib bormoqda. Bu borada mintaqaviy loyihalar ham muhim rol o‘ynaydi degan fikrdamiz.

Bunga aniq misol sifatida Turkiya, Suriya, Iordaniya va Saudiya Arabistoni o‘rtasida boshlagan avtomobil va temiryo‘l transporti bog‘liqligi tashabbusini keltirish mumkin. Ushbu strategik tashabbusni imkon qadar tezroq hayotga tatbiq etish bo‘yicha ishlarni boshladik va yetakchilarimiz qabul qilgan qaror asosida bu jarayonni davom ettiramiz» - dedi.