DUNYO
2 daqiqa o'qish
Energiya yo‘nalishida Rossiya–Pokiston yaqinlashuvi: kun tartibida yangi neft kelishuvi
Energiya xarajatlarini kamaytirishni istayotgan Islomobod hamda yangi bozorlar izlayotgan Moskva energetika va sanoat sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilmoqda.
Energiya yo‘nalishida Rossiya–Pokiston yaqinlashuvi: kun tartibida yangi neft kelishuvi
Rossiya Ukrainadagi urushi tufayli joriy etilgan keng qamrovli sanksiyalardan soʻng Gʻarb boʻlmagan bozorlarga intilishini kuchaytirdi. / AP

Rossiya va Pokiston neft sohasida yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi energetika hamkorligi strategik va iqtisodiy manfaatlar doirasida yangi bosqichga chiqmoqda.

Rossiyaning RIA axborot agentligi seshanba kuni bergan xabarga ko‘ra, Pokiston moliya vaziri Muhammad Aurangzeb ikki mamlakat energetika vazirliklari o‘rtasida muzokaralar davom etayotganini ma’lum qildi.

Aurangzebning aytishicha, Pokiston neft qidiruvi, qazib olish va qayta ishlash kabi Rossiya yuqori tajribaga ega bo‘lgan yo‘nalishlarda Moskva bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyor. Vazir:
“Bu sohalarning barchasi Rossiya eng kuchli bo‘lgan yo‘nalishlardir. Ushbu sektorda Rossiya bilan kelishuvga erishishdan mamnun bo‘lamiz,” dedi.


Rossiyaning energiya ta’minotini diversifikatsiya qilish izlanishlari

Muzokaralar Rossiya Ukraina urushi sababli joriy etilgan keng qamrovli sanksiyalar tufayli G‘arb tashqarisida bozorlar izlayotgan bir paytda olib borilmoqda. Pokiston esa to‘lov balansi bilan bog‘liq surunkali muammolar sabab energiya ta’minotini diversifikatsiya qilish va import xarajatlarini kamaytirishga intilmoqda.

Pokiston 2023-yilda Rossiyadan xom neft import qila boshlagan. Bu energiya ta’minoti strategiyasida muhim burilish va Moskva bilan iqtisodiy yaqinlashuv yo‘lidagi qadam sifatida baholanmoqda.

Hamkorlik faqat neft savdosi bilan cheklanib qolmasdan, neftni qayta ishlash va taqsimlashga oid loyihalar bilan kengayishi mumkin. Rossiya energetika vaziri Sergey Tsivilyov noyabr oyida Rossiyaning Pokistondagi bir neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilish masalasini muhokama qilayotganini va loyihada Rossiya kompaniyalarining ishtiroki kutilayotganini bildirgan edi.

Aurangzeb, shuningdek, ikki davlat Pokistonda yangi po‘lat (metallurgiya) zavodi qurish imkoniyatini ham muhokama qilayotganini aytib, energetika bilan bir qatorda keng ko‘lamli sanoat hamkorligiga yo‘nalish ko‘zlanayotganini ta’kidladi.

Rossiya va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar tarixan cheklangan darajada bo‘lib kelgan bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda ikki mamlakat energetika, savdo va mintaqaviy sohalarda hamkorlikni kengaytirdi.

 

Boxabar bo'ling!
Pokistonning Xaybar Paxtunxva viloyatida terakt sodir bo'ldi
Kongo Demokratik Respublikasida Eboladan vafot etganlar soni 3 ming 577 nafarga yetdi
Pokistonda masjid yaqinidagi portlashda 15 kishi halok bo‘ldi
Eron Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tishga uringan Togo bayrog‘idagi neft tankerini urganini ma’lum qildi
Tramp Polshada AQSH bazasini tashkil etish bo‘yicha muhim yutuqlarga erishilganini ma’lum qildi
Slovakiya Bosh vaziri Fitso Yevropa miqyosidagi harbiy mojaro haqida ogohlantirdi
G'azoda Isroil vayron qilgan mahalladan 12 kishining jasadi topildi
Pentagon Yevropadagi AQSh qo'shinlari sonini 40 ming kishiga qisqartirmoqchi
Rossiyaga oid IHT Ukrainaga ketayotgan kemaga hujum qildi
OpenAI sun'iy intellekt modellarining xavfsizlik choralarini buzgan qanday holatlarni e'lon qildi?
Rossiya va Ukraina o'zaro hujumlar orqali muhim ob'yektlarga zarba berdi
Aroqchi Xitoy tashrifidan so‘ng: Bugun qabul qilingan qarorlar strategik muvozanatni belgilaydi
Janubiy Koreya va Fransiya uch yillik tanaffusdan so‘ng ilk qo‘shma havo mashg‘ulotini o‘tkazdi
Kanada Buyuk Britaniya boshchiligidagi Qo‘shma ekspeditsiya kuchlariga qo‘shilish uchun ariza berdi
Isroil va Marokash iqtisodiy hamkorlik hamda diplomatik aloqalarni kengaytirishga qaror qildi
Yevropa Ittifoqi bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini cheklamoqchi
Rossiya shimolidagi Xatanga qo‘ltig‘iga 200 tonna dizel yoqilg‘isi to‘kildi
Saudiya Arabistoni Makka yaqinida Husiylar dronini urib tushirdi
Los-Anjelesda vertolyot halokati uch kishining hayotiga zomin bo'ldi
Kim Putinga Rossiyani «qat’iy qo‘llab-quvvatlashga» va’da berdi