DUNYO
2 daqiqa o'qish
AQSH raketasi Eronning boshlang‘ich maktabi yaqiniga tushgani aks etgan tasvirlar e’lon qilindi
"Bellingcat" tadqiqotchilar guruhi AQSH bombardimoniga oid yangi kadrlarga tayanib, Amerikaning "Tomahawk" raketasi Minobdagi qizlar maktabi yaqiniga aniq tekkani ma’lum qildi.
AQSH raketasi Eronning boshlang‘ich maktabi yaqiniga tushgani aks etgan tasvirlar e’lon qilindi
Tergovchilarning ta'kidlashicha, tinch aholi o'limiga AQSh kuchlari javobgar bo'lishi ehtimol. [Arxiv surati] / Reuters
2 соат олдин

Niderlandiyada joylashgan "Bellingcat" tadqiqot tashkiloti yakshanba kuni tarqatgan xabarda, 28-fevral kuni Eron janubidagi Minob shaharchasida Eron Inqilob muhofizlari korpusiga tegishli inshootga AQSH raketasi tushganini ko‘rsatuvchi yangi videolarni e’lon qildi. Ushbu ma’lumotlar Eron maktabidagi portlash uchun AQSH mas’ul ekanini ko‘rsatayotgan tahlillarni yanada mustahkamladi.

"Bellingcat" Eronning "Mehr" axborot agentligi tomonidan e’lon qilingan va raketaning ta’sirini ko‘rsatuvchi tasvirlarning aniq manzilini (geolokatsiyasini) belgiladi. Unda maktab yaqinidan tutun ko‘tarilayotgani va u yerda 170 dan ortiq kishi halok bo‘lgani bildirilgan. Guruhning ta’kidlashicha, Isroilda mavjud bo‘lmagan bunday turdagi raketalarga ega yagona tomon AQSHdir.

Ushbu xabar AQSH Prezidenti Donald Trampning shanba kuni bergan bayonotiga zid kelmoqda. Tramp: "Buni Eronning o‘zi qildi. Ularning o‘q-dorilari juda nishonga aniq tegmaydi", – degan edi. Hozirda AQSHning o‘z ichki tergovi davom etmoqda.

Ommaviy axborot vositalari tahlili AQSHga ishora qilmoqda

Wall Street Journal: Amerikalik rasmiyga tayanib, AQSH harbiy taftishchilari ushbu voqea uchun Amerika kuchlari mas’ul bo‘lishi mumkinligiga ishonishini, biroq yakuniy xulosa hali chiqarilmaganini xabar qildi. Rasmiyning iddaosiga ko‘ra, bino Inqilob muhofizlarining shtabi sifatida foydalanilgani haqida belgilar bo‘lgan.

New York Times: Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va videolar yordamida, maktab yonidagi Inqilob muhofizlari harbiy-dengiz bazasiga qilingan aniq zarbalar bilan bir vaqtda urilganini aniqladi. Sobiq AQSH harbiy-havo kuchlari rasmiysi buni "nishonni noto‘g‘ri aniqlash" natijasi deb baholadi.

BBC Verify: Maktab va yaqin atrofdagi harbiy inshootlar atrofida bir nechta zarba izlari borligini, zararning shakli "teshib o‘tuvchi o‘q-dorilar" ishlatilganidan darak berishini bildirdi.

Middle East Eye: Omon qolganlar va qutqaruvchilarga tayanib, "qo‘shaloq zarba" (double-tap) taktikasi haqida yozdi. Ya’ni, birinchi portlashdan so‘ng, odamlar boshpanalarga kirayotgan vaqtda ikkinchi zarba berilgan.

Eron rasmiylariga ko‘ra, 28-fevral kuni "Shajaratut-Toyyiba" boshlang‘ich maktabiga qilingan hujumda ko‘pchiligi bolalar bo‘lgan 170 dan ortiq kishi qurbon bo‘ldi. YuNESKO (UNESCO) o‘quvchilarning o‘ldirilishini xalqaro insonparvarlik huquqi doirasida ta’lim muassasalarini himoya qilishning "og‘ir buzilishi" deb atadi va har tomonlama tergov o‘tkazishga chaqirdi. Hozircha hech bir tomon rasman mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.