TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an yurtdoshlarini G‘alaba bayrami bilan tabrikladi
Prezident Erdo‘g‘an turk xalqi, Kipr turk xalqi hamda dunyoning turli mamlakatlarida yashayotgan yurtdoshlarni G‘alaba bayrami bilan tabrikladi.
Erdo‘g‘an yurtdoshlarini G‘alaba bayrami bilan tabrikladi
_

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an 30 - avgust G‘alaba bayrami munosabati bilan yurtdoshlariga murojaat qildi. Bu haqida Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi ma’lumot bo‘lishdi.

Erdo‘g‘an tarix sahifalarida «Bosh qo‘mondonlik maydoni jangi» nomi bilan qayd etilgan va Milliy kurashning eng muhim bosqichini tashkil etgan Buyuk G‘alabaning 104 - yilligi katta sharaf va faxr bilan nishonlanayotganini ta’kidladi. Prezident turk xalqi, Kipr turk xalqi hamda dunyoning turli mamlakatlarida yashayotgan yurtdoshlarni G‘alaba bayrami bilan tabrikladi.

Xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda bayram quvonchiga sherik bo‘lgan mehmonlarga ham minnatdorchilik bildirgan Erdo‘g‘an, 30 - avgust G‘alabasi, Turkiya zaminining azaliy va abadiy vatan ekanini yana bir bor tasdiqlaganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Buyuk G‘alaba turk xalqining qullikni hech qachon qabul qilmasligini butun dunyoga namoyon etgan va hududga qaratilgan imperialistik qamalning buzilishiga zamin yaratgan.

Erdo‘g‘an bundan 104 yil avval xalq tomonidan namoyon etilgan qat’iyat, jasorat va matonat bugun ham Turkiya uchun kuchli motivatsiya manbai ekanini ta’kidladi. U Turkiyaning energetika, mudofaa sanoati, fan va texnologiya hamda tashqi siyosat kabi sohalarda erishayotgan yutuqlari bilan o‘z maqsadlari sari dadil qadam tashlayotganini bildirdi.

Prezident dunyoda, ayniqsa, mintaqada urushlar, to‘qnashuvlar, inqirozlar va siyosiy noaniqliklar kuchayib borayotgan bir paytda Turkiya prinsipial, qat’iyatli va insoniy qadriyatlarni markazga qo‘ygan faol siyosati bilan ajralib turayotganini qayd etdi.

Erdo‘g‘an so‘zining yakunida zulm kimdan kelishidan qat’i nazar, unga qarshi turadigan; mazlum kim bo‘lishidan qat’i nazar, unga yordam beradigan Turkiya mavjudligini ta’kidladi. Prezident, shuningdek, «Ustimizdagi moviy osmon qulamaguncha, ostimizdagi qora zamin yorilmaguncha» hech kim Turkiya va turk xalqini o‘zining «muborak kurashi»dan voz kechishga majbur qila olmasligini bildirdi.

 

Boxabar bo'ling!
Duran Isroil mudofaa vaziri Katsning bayonotlariga munosabat bildirdi
ASELSAN dronlarga qarshi kurashuvchi GOKALP tizimini taqdim etdi
Turkiya 15 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqladi
Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Yevropa Ittifoqini tanqid qildi
MIT rahbari Kalin Suriya tashqi ishlar vaziri Shayboniy bilan uchrashdi
Turkiya va Xitoy sun'iy yo'ldosh texnologiyalari bo'yicha kelishuv imzoladi
CNN: Istanbul aeroporti Londonni ortda qoldirib, dunyoda birinchi bo'ldi
Pokiston armiyasi Saudiya Arabistonida qo‘shinlari joylashtirilganini tasdiqladi
Erdo‘g‘an Putin bilan Qora dengiz xavfsizligi va Ukraina masalasini muhokama qildi
Prezident Erdo‘g‘an Istanbulning ishg‘oldan ozod etilganining 103 yilligini nishonladi
Turkiyadan Isroilning Suriyadagi hududiy buzilishlariga keskin munosabat
ASELSAN gibrid havo mudofaa tizimlari bo'yicha 2,75 milliard dollarlik shartnoma imzoladi
77-Xalqaro kosmik kongress Antaliyada boshlandi
Kosmik hamkorlik bo'yicha Antaliya deklaratsiyasi 21 davlat tomonidan qabul qilindi
Erdo'g'an: Turkiya mudofaa sanoatida "katta inqilob" qilmoqda
Prezident Erdo‘g‘andan Turk davlatlari hamkorlik kuni munosabati bilan tabrik
Trump Turkiyaga nisbatan CAATSA sanksiyalarini bekor qilishga ijobiy qaradi
Guler: “Kavkaz xavfsizligi uch mamlakat xavfsizligi bilan chambarchas bog‘liq”
Guler Ozarbayjon va Gruziya mudofaa vazirlari bilan uchrashdi
Aviatsiya, kosmos va texnologiya festivali (TEKNOFEST) Shanliurfa GAP aeroportida davom etmoqda