Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Falastin Davlati tashkil topishining 38 - yilligi munosabati bilan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bayonot e’lon qildi.
Prezident Erdo‘g‘an, unda, Falastin masalasini barcha minbarlarda qat’iy himoya qilishda davom etishlarini ta’kidlagan holda quyidagi ifodalarga o‘rin berdi:
«Do‘st va qardosh Falastin Davlati tashkil topishining 38 - yilligini tabriklayman. Zulm va zolimlarga qarshi mardonavor kurashini davom ettirayotgan qahramon Falastin xalqiga salom va samimiy tilaklarimni yo‘llayman.
Turkiya sifatida Falastin masalasini barcha minbarlarda qat’iy himoya qilishda, 1967 - yilgi chegaralar asosida, poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan, mustaqil va hududiy yaxlitlikka ega Falastin davlatini barpo etish yo‘lida qat’iyat bilan kurashishda davom etamiz.
Falastin xalqining erkin va farovon kelajakka erishishi uchun barcha imkoniyatlarimiz bilan amaliy yordam ko‘rsatishni davom ettiramiz».





















