Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Suriyaga rasmiy tashrif uyushtirdi.
Hakan Fidan ushbu tashrifi davomida suriyalik hamkasbi Asad Hasan Shayboniy bilan uchrashdi va ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirildi.
Unda: “Turkiya – Suriya munosabatlari so‘nggi ikki yil ichida jadal sur’atda rivojlandi. Suriya Turkiya bilan emas, balki butun dunyo bilan munosabatlarida yangi boshlanishni amalga oshirishiga to‘g‘ri keldi. Eski Suriyaning ketishi va yangi Suriyaning kelishi mintaqaga barqarorlik va tinchlik olib kelgan muhim omil bo‘ldi. Suriya davlati va hukumati mintaqa mamlakatlari bilan barcha sohalarda hamkorlikni rivojlantirish borasida katta sa’y - harakatlarni amalga oshirmoqda. Suriyaning kun sayin yaralarini bitirib, o‘zini tiklab borayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Mintaqamizdagi barcha urushlar ham xuddi Suriyadagi kabi birin - ketin yakun topadi.
Prezidentimizning yaqin kelajakda Suriyaga tashrif uyushtirishi rejalashtirilmoqda. Shu jihatdan ham ushbu tashrifimiz muhim ahamiyatga ega. SDGning o‘zini tarqatib yuborish haqidagi deklaratsiyasini muhim va qadrli deb hisoblaymiz. Bu qaror kechiktirmasdan o‘z o‘rnida amaliyotga tatbiq etilishi kerak” - degan ifodalarga o‘rin berdi.




















