USS Gerald R. Ford aviatsiyasi tashuvchi kemasi, AQSH Prezidenti Donald Trampning topshirig‘iga binoan Yaqin Sharqdagi ulkan AQSH harbiy kuchlariga qo‘shilish uchun juma kuni O‘rtayer dengiziga kirayotganida ko‘rindi. Aviatsiya tashuvchi kema Atlantika okeanini O‘rtayer dengizi bilan bog‘laydigan Gibraltar bo‘g‘ozidan o‘tayotganida suratga olingan.
Avvalroq Yaqin Sharqqa yana bir aviatsiya tashuvchi kemani yuborgan Tramp, juma kungi bayonotida; Tehron bilan o‘zining birinchi prezidentlik davrida bekor qilgan yadroviy kelishuv o‘rnini bosuvchi yangi bitimga erishilmasa, Eronga "cheklangan hujum" uyushtirishni "ko‘rib chiqayotganini" aytdi.
AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy mavjudligi
Kemalar AQSH rasmiysi bergan ma’lumotga ko‘ra, Vashingtonning hozirda Yaqin Sharqda 13 ta harbiy kemasi bor: bitta aviatsiya tashuvchi kema (USS Abraham Lincoln), to‘qqizta destroyer (eskadra minonosetsi) va uchta qirg‘oq jangovar kemasi. Dunyodagi eng katta aviatsiya tashuvchi kema bo‘lgan USS Gerald R. Fordga esa uchta destroyer hamrohlik qilmoqda; kema belgilangan manzilga yetib borganda mintaqadagi AQSH harbiy kemalarining umumiy soni 17 taga yetadi. Har ikkala aviatsiya tashuvchi kemada ham minglab dengizchilar xizmat qiladi va o‘nlab qiruvchi samolyotlardan iborat havo flotlari mavjud. Bunday kattalikdagi ikkita ulkan harbiy kemaning bir vaqtning o‘zida Yaqin Sharqda bo‘lishi kamdan-kam uchraydigan holatdir.
Havo kuchlari Ochiq manbali razvedka hisoblari (X), Flightradar24 parvozlarni kuzatish sayti va OAV xabarlariga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlari aviatsiya tashuvchi kemalardagi jetlardan tashqari mintaqaga yana o‘nlab boshqa qiruvchi samolyotlarni yubordi. Ushbu samolyotlar orasida F-22 Raptor va F-35 Lightning "ko‘rinmas" qiruvchi samolyotlari, F-15 va F-16 jetlari hamda operatsiyalarning davomiyligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan KC-135 havoda yonilg‘i quyish samolyotlari mavjud.
Havo mudofaa tizimlari Hisobotlarga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlari Yaqin Sharqdagi quruqlikdagi havo mudofaa tizimlarini ham kuchaytirgan. Shu bilan birga, mintaqadagi ko‘plab boshqariladigan raketaga ega destroyerlar dengizdan havo mudofaasi imkoniyatini ta’minlamoqda.
Bazalardagi AQSH kuchlari Quruqlikdagi qo‘shinlarning Eronga qarshi har qanday hujum harakatlarida ishtirok etishi kutilmasa-da, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Yaqin Sharqdagi bazalarida o‘n minglab harbiy xizmatchilari mavjud.










