Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an kecha (06.12.2025) Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan ma’lumot berildi.
Ushbu ma’lumotga ko‘ra Prezident Erdo‘g‘an yuqorida nomi tilga olingan muloqot chog‘ida venesuelalik hamkasbiga AQSh bilan muloqot kanallarini ochiq tutish muhim ekanini ifoda etgan.
Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasining ma’lum qilishicha Prezident Erdo‘g‘an bilan Nikolas Maduro muloqoti davomida Turkiya - Venesuela munosabatlari va mintaqadagi dolzarb mavzularni ham muhokama qilgan.
Erdo‘g‘an, AQSh va Venesuela o‘rtasidagi muloqotning ahamiyatini alohida ta'kidlagan holda joriy tarangliklarning yengillashishidan umidvor ekanini o‘z so‘ziga ilova etgan.











