TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Fidanning Erondan talabi: "Turk havo hududining buzilishi mutlaqo qabul qilinmaydi" dedi
Anqara havo mudofaa tizimlarini kuchaytirib, mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashga intilayotgan bir paytda, Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Eron bilan bog‘liq raketa ziddiyatlariga to‘xtaldi.
Fidanning Erondan talabi: "Turk havo hududining buzilishi mutlaqo qabul qilinmaydi" dedi
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Turkiya havo hududini buzish holatlari maqbul emasligini ma'lum qildi. [Arxiv fotosi] / Reuters
2 соат олдин

Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, eronlik mavqedoshi Abbos Aroqchiga Turk havo hududining buzilishi "maqbul emas" ekanligini aytdi. Diplomatik manbalar, ikki vazirning telefon orqali so‘zlashuvida asosiy mavzu yaqin o‘rtadagi raketa hujumining Turk havo hududini buzganligi bo‘lganini va bu Anqaraning Tehrondan izoh hamda kafolat talab qilishiga sabab bo‘lganini bildirdi. Tashqi ishlar vazirligi manbalariga ko‘ra, seshanba kuni bo‘lgan so‘zlashuvda Fidan, Aroqchini Turkiyaning suverenitetini himoya qilish uchun lozim bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishda davom etishi haqida ogohlantirdi.

Vazir Fidan shuningdek, barcha tomonlar mintaqaviy xavfsizlikni buzishi mumkin bo‘lgan va tinch aholi uchun xavf tug‘diradigan qadamlardan uzoq turishi kerakligini ta’kidladi. Aroqchi esa, Turk havo hududiga yo‘nalgan raketalar Eronga tegishli emasligini aytib, mavzu bo‘yicha keng qamrovli tekshiruv davom etayotganini bildirdi.

Patriot havo mudofaa tizimlari

Turkiya, seshanba kuni, davom etayotgan mintaqaviy tarangliklar orasida mamlakatning havo hududini qo‘riqlashga yordam berish maqsadida NATO bilan muvofiqlashtirilgan faoliyatlar doirasida, Turkiyaning sharqida bir Patriot havo mudofaa tizimi operatsiyaga tayyor etilayotganini e’lon qildi.

Milliy mudofaa vazirligi bergan bayonotida, “Turk Qurolli Kuchlarimizning, mamlakatimiz va fuqarolarimizning xavfsizligini ta’minlash qarori qat’iydir” degan bo‘lsa, “Mintaqamizda yuz bergan so‘nggi o‘zgarishlar doirasida chegaralarimiz va havo hududimizning xavfsizligi uchun kerakli choralar ko‘rilmoqda, NATO va ittifoqchilarimiz bilan maslahatlar o‘tkazilmoqda” deb ta’kidladi.

Bayonotda shuningdek milliy xavfsizlik choralari bilan birga ittifoqning mintaqaviy mudofaa holati kuchaytirilganligi ham bildirilib, “Milliy darajada ko‘rgan choralarimizga qo‘shimcha ravishda NATO tomonidan havo va raketa mudofaa choralari orttirildi” degan so‘zlar qo‘llanildi. NATO havo mudofaa tizimlari dushanba kuni Erondan otilib Turkiyaga yo‘nalgan yana bir raketani to‘sib qolgan bo‘lsa, bu holat o‘tgan hafta ichida Eron raketalari Turk havo hududiga kirgan ikkinchi voqea bo‘ldi.