DUNYO
1 daqiqa o'qish
Livan shimolida bino qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni to‘qqiz kishiga yetdi
Fuqaro mudofaasi bosh direktori qidiruv-qutqaruv guruhlari vayronalar ostidan 15 kishini olib chiqqanini, ulardan olti nafari tirik ekanini ma’lum qildi.
Livan shimolida bino qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni to‘qqiz kishiga yetdi
Qutqaruvchilar Shimoliy Livanda bino qulashi ortidan omon qolganlarni qidirmoqda. / AFP
14 соат олдин

Rasmiylarning bildirishicha, Livan shimolidagi Tripoli (Trablusshom) shahrida eski turar-joy binosining qulashi natijasida qurbonlar soni to‘qqiz kishiga yetgan. Besh qavatli bino yakshanba kuni erta tongda Tripolining Bab al-Tabbane mahallasida qulab tushgan. Voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Livan Fuqaro mudofaasi bosh direktori Imad Xreish jurnalistlarga vayronalar ostidan 15 kishi chiqarilganini, ulardan olti nafari sog‘-omon qutqarilganini aytdi.

Anadolu agentligi tomonidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qutqaruvchilar hali ham vayronalar ostida qolib ketgan deb taxmin qilinayotgan qariyb sakkiz kishiga yetib borishga harakat qilmoqda. Tripoli meri Abdel Hamid Karimeh avvalroq qulash oqibatida olti kishi halok bo‘lgani va yetti kishi jarohatlanganini bildirgan edi.