DUNYO
1 daqiqa o'qish
Saudiya Arabistonidagi hujum oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
Saudiya Arabistonidagi aeroportga hujum oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 8 kishi yaralandi.
Saudiya Arabistonidagi hujum oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
_

Saudiya Arabistoni Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi (GACA) Dammam shahridagi Qirol Fahd xalqaro aeroportiga uyushtirilgan hujum oqibatida bir kishi halok bo‘lgani, sakkiz kishi yaralanganini ma’lum qildi.

GACA bayonotida aeroport 21 - oktabr, chorshanba kuni kechqurun hujumga uchragani va hodisa oqibatida mamlakatda istiqomat qiluvchi xorijiy fuqaro halok bo‘lgani bildirildi.

Yaralangan sakkiz kishi zarur tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zudlik bilan shifoxonaga olib borilgani qayd etildi.

Shuningdek, hujum moddiy ziyon yetkazgani, uni aniqlash ishlari davom etayotgani va voqea yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot keyinroq berilishi ta’kidlandi.

Hujum qanday amalga oshirilgani va uni kim uyushtirgani haqida esa hali hanuz hech qanday ma’lumot berilmadi.

Arab koalitsiyasi: Saudiya Arabistonining sharqida 4 ta insonsiz havo transporti yo‘q qilindi

Yamandagi qonuniy hukumatni qo‘llab - quvvatlayotgan Saudiya Arabistoni boshchiligidagi Arab koalitsiyasi mamlakatning sharqiy hududida to‘rtta insonsiz havo transporti (IHT) to‘xtatilib, yo‘q qilinganini ma’lum qildi.

Yamanda husiylar 2014 - yilning sentabr oyida poytaxt Sano va ayrim viloyatlarni nazorat ostiga olganidan so‘ng boshlangan ichki urushi davom etmoqda.

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi Arab koalitsiyasi 2015 - yilning mart oyidan buyon xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan Yaman hukumatini qo‘llab - quvvatlab kelmoqda.