Turkiyaning birinchi insonsiz suv usti kemalari (USV) ishlab chiqaruvchisi ULAQ Global Autonomous Systems Saudiya Arabistoni Davlat investitsiya jamg‘armasi (PIF) tarkibiga kiruvchi SAMI Autonomous Company bilan insonsiz dengiz tizimlari sohasida hamkorlikni kuchaytirish uchun kelishuv yoki bitim imzoladi.
Poytaxt ar - Riyodda o‘tkazilgan World Defense Show (WDS) 2026 ko‘rgazmasida imzolangan kelishuv Saudiya Arabistonida insonsiz dengiz tizimlarini loyihalash, ishlab chiqish, tizim integratsiyasi va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha keng ko‘lamli hamkorlik asoslarini yaratishni maqsad qiladi.
Mazkur sohada Saudiya Arabistonida imzolangan ilk kelishuv bo‘lgan ushbu hamkorlik mamlakatning dengizchilik va mudofaa salohiyatiga katta hissa qo‘shish bilan birga Vision 2030 maqsadlariga mos keladi.
ULAQ Global boshqaruv kengashi a’zosi Kerem Kalafato‘g‘lu Anado‘lu axborot agentligiga bergan bayonotida, ikki kompaniya o‘rtasidagi kelishuv avvalo qo‘shma ishlab chiqish, texnologiya transferi va USVlarni mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga qaratilganini qayd etdi.
«Faoliyatimiz faqat Saudiya Arabistoni bilan cheklanib qo‘lmaydi, balki butun dunyo bo‘ylab davom etmoqda», -degan Kalafato‘g‘lu: «Bu tashabbus bizga barqaror daromad olish imkonini beradi va ULAQ USV - ni nafaqat Saudiya Arabistoniga, balki dunyoning boshqa mamlakatlariga ham eksport qilamiz», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Turk kompaniyasi ULAQ Global yillar davomida to‘plagan tajriba va bilimlarini saudiyalik hamkori bilan bo‘lishib, Saudiya Arabistonida mahalliy USV ishlab chiqarishga hissa qo‘shadi.
Kerem Kalafato‘g‘lu: «Faoliyatimiz bu yerda, Yevropada va AQShda ham davom etmoqda. ULAQ Globalni global miqyosda kengaytirish niyatidamiz», - dedi.












