TURK DUNYOSI
2 daqiqa o'qish
Rossiya Qozog‘istonning birinchi atom elektr stansiyasini qurish ishlarini boshladi
Qozog‘istonlik rasmiylarining aytishicha, Xitoy ham yil oxirigacha resurslarga boy bo‘lgan Qozog‘istonda ikkita yangi inshoot quradi, tafsilotlari esa keyinroq e’lon qilinadi.
Rossiya Qozog‘istonning birinchi atom elektr stansiyasini qurish ishlarini boshladi
8 август 2025

Rossiya juma kuni dunyodagi eng yirik uran ishlab chiqaruvchi va Markaziy Osiyodagi eng keng hududga ega bo‘lgan Qozog‘istonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish ishlarini boshladi. Markaziy Osiyo Moskva, Pekin va Yevropa o‘z ta’sirini kuchaytirishga harakat qilgan qit’aga aylandi.

Rossiya tarixiy ustunlikka ega bo‘lgan va mavjud o‘rnini har doim saqlab qolishga uringan Markaziy Osiyoda Xitoy «Bir makon, bir yo‘l» loyihasi asosida Qozog‘istonga milliardlab dollarlik sarmoya kiritdi.

Qozog‘iston bilan Rossiyaning atom agentliklari tomonidan berilgan qo‘shma bayonotda, keng ko‘lamli atom elektr stansiyasini qurish uchun optimal joyni tanlash va loyiha hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha muhandislik tadqiqotlari boshlagani ifoda etildi.

Qozog‘iston atom agentligi rahbari Almasadam Satqaliyev: «Ushbu loyiha Qozog‘istonning strategik tanlovi bo‘lib, ham mintaqa hamda mamlakat uchun uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi», - dedi.

Qozog‘iston rasmiylariga ko‘ra Xitoy ham resurslarga boy ushbu mamlakatda yana ikkita atom elektr stansiyasini quradi va bu borada yil oxirigacha batafsil ma’lumot beradi.

Dunyo uranining 43 foizini Qozog‘iston yetkazib beradi va Yevropa ittifoqiga ham uran yetkazib beruvchi uchinchi yirik davlat hisoblanadi.

Ammo mamlakat ichki iste’mol uchun yetarli darajada elektr energiyasi ishlab chiqarishda qiynalmoqda. Atom energiyasi esa Sovet davridagi yadroviy sinovlar tufayli 1,5 million insonni radiatsiyaga ma’ruz qoldirishi ortidan nozik masala bo‘lib qolmoqda.

Mamlakatning Birinchi atom elektr stansiyasi Balkash ko‘li yaqinida o‘rin olgan va qisman tark etilgan Ulken qishlog‘i atrofida qurilishi rejalashtirilgan. Uning bir necha yil davom etishi kutilmoqda.

Rossiyaning «Rosatom» kompaniyasi reaktorning 60 yillik xizmat muddati bo‘lishi va uning yana 20 yilga uzaytirilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Fransiya bilan Janubiy Koreya ham Qozog‘istondagi stansiya qurilishi bo‘yicha tuzilgan shartnomani qo‘lga kiritishni istagan va hatto buning uchun kurashgan ham ammo Qozog‘iston eng yaxshi takliflar bilan chiqqaniga e’tibor qaratgan holda qo‘shni Rossiya va Xitoyni tanlaganini bildirdi.

Mintaqa bo‘ylab Rossiya O‘zbekistonda ham atom elektr stansiyasi qurishni, Qirg‘izistonda kichik hajmdagi reaktor inshoo etishni rejalashtirmoqda.

 

Boxabar bo'ling!
Erdo‘g‘an turkiy davlatlarni mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlashda faol rol o'ynashga chaqirdi
Turkiy Davlatlar Tashkiloti 16 yoshga to‘ldi!
Armaniston BMT Bosh assambleyasida Ozarbayjon bilan tinchlik o‘rnatilganini e’lon qildi
Ozarbayjon bilan Iroq munosabatlarini mustahkamlamoqda
Fransiyada qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovga bag‘ishlangan YUNESKO anjumani bo‘lib o‘tdi
Ilhom Aliyev: Hindiston Ozarbayjondan qasos olmoqchi
ShKTR josuslikda gumon qilingan greklarni nazorat ostiga oldi
Kipr masalasiga siyosiy yechim yo'lida diplomatik sa'y-harakatlar kuchaymoqda
Erdo‘g‘an bilan Aliyev Turkiya - Ozarbayjon munosabatlarini qo‘lga oldi
Ozarbayjon bilan Rossiya bir – biriga qarshi diplomatik tusda norozichilik bildirdi
Rossiya va Qozog‘iston atom elektr stansiyasining yo‘l xaritasi bo'yicha kelishib oldi
Rossiya Qarabog'ni Ozarbayjon hududi deb tan oldi
Oʻzbekiston BRIKSning yangi taraqqiyot bankiga aʼzo boʻladi
Qirg‘izistonning O‘sh viloyatidagi Lenin haykali olib tashlandi
Erdo'g'an, Ilhom Aliyev va Shahboz Sharif Lochin xalqaro aeroporti ochilishida ishtirok etadi
Turkiy Davlatlar Tashkiloti rahbarining aytishicha, Suriya bo'yicha tashabbuslar Turkiya diplomatiyasining o'sishini ko'rsatadi
Turkiya va Oʻzbekiston Turkiy davlatlar xalqaro universitetini tashkil etdi
Armaniston Bosh vaziri Ozarbayjon bilan tinchlik shartnomasini imzolashga tayyor
Qirg'iziston-Tojikiston chegara kelishuvining Markaziy Osiyo kelajagiga ta'siri
Qirg'iziston va Tojikiston tarixiy chegara kelishuvini imzoladilar