TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Anqaradagi NATO sammiti uchun yuqori darajadagi xavfsizlik choralari ko‘riladi
Poytaxt Anqarada 7–8 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan NATOning 36-sammiti doirasida 55 ming nafari politsiya va jandarmadan iborat bo‘lgan jami 70 ming xodim xizmat olib boradi.
Anqaradagi NATO sammiti uchun yuqori darajadagi xavfsizlik choralari ko‘riladi
Ankarada quyosh botishi, Anitkabir

AA muxbirining ma’lum qilishicha, sammit munosabati bilan poytaxtda xavfsizlik va transport choralariga oid tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

NATO sammiti doirasida shaharda xavfsizlik choralari eng yuqori darajaga chiqariladi. Ushbu choralar doirasida 55 ming nafar qurolli politsiya va jandarma xodimi hamda jami 70 ming nafar shaxs xizmat qiladi.

NATOga a’zo davlatlar rahbarlari bilan bir qatorda yana 9 davlat rahbari mehmon sifatida ishtirok etadigan sammit xavfsizligini ta’minlash uchun terrorizmga qarshi kurash, razvedka, kiberjinoyatlarga qarshi kurash, jamoat xavfsizligi, KBRN (kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy tahdidlarga qarshi), yo‘l harakati, maxsus operatsiyalar va jandarma komando bo‘linmalari jalb etiladi.

Sammit davomida aeroportlar, mehmonxonalar, qatnov yo‘nalishlari va yig‘ilish markazlari atrofida keng ko‘lamli xavfsizlik choralari ko‘riladi. Aeroportlarga olib boruvchi yo‘nalishlarda jandarma komando guruhlari navbatchilik qiladi. Anqaraga kirish nuqtalarida xavfsizlik nazorati yanada kuchaytiriladi.

AQSh Prezidenti Donald Trampning samolyoti bilan bir qatorda ayrim davlat rahbarlarining samolyotlari ham Etimesgut aeroportiga qo‘nishi kutilmoqda.

Sammitda ishtirok etadigan yetakchilarning turmush o‘rtoqlari uchun esa Anqaraning tarixiy va sayyohlik maskanlarini qamrab olgan maxsus sayohat dasturi tashkil etiladi.

Ichki ishlar vaziri Mustafa Chiftchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida quyidagilarni ma’lum qildi:

“Yurtimiz mezbonligida o‘tkaziladigan NATO sammitining xavfsiz va muvaffaqiyatli tarzda tashkil etilishi uchun barcha tayyorgarlik masalalarini har tomonlama ko‘rib chiqdik. Davlatimizning barcha muassasalari o‘rtasidagi kuchli muvofiqlashtirish va hamkorlik asosida jamoat tartibini saqlash, mehmon delegatsiyalar xavfsizligini ta’minlash hamda sammitni muvaffaqiyatli yakunlash uchun zarur barcha choralarni puxta ravishda ko‘rishda davom etamiz. Turkiya o‘zining tajribasi, kuchli xavfsizlik infratuzilmasi va institutsional salohiyati bilan NATO sammitiga eng yuqori darajada mezbonlik qiladi.”