DUNYO
1 daqiqa o'qish
Guterrish Myanmada 50 kishi halok bo‘lgan havo hujumini keskin qoraladi
“Aybdorlar javobgarlikka tortilishi kerak.”
Guterrish Myanmada 50 kishi halok bo‘lgan havo hujumini keskin qoraladi
Guterrish Myanmada 50 kishi halok bo‘lgan havo hujumini "keskin" qoraladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish Myanmada 50 kishi halok bo‘lgan havo hujumini keskin qoraladi.

BMT Bosh kotibining matbuot kotibi Stefan Dyujarrik kundalik matbuot anjumanida so‘zga chiqdi.

“Arakan shtatida 28-sentabr kuni sodir bo‘lgan, 50 kishining o‘limiga va qariyb 60 kishining yaralanishiga sabab bo‘lgan havo hujumi haqidagi xabarlardan xavotirdamiz”, degan Dyujarrik Bosh kotib hujumlarni keskin qoralaganini bildirdi.

Dyujarrik yaradorlarning ko‘pchiligi og‘ir ahvolda ekaniga e’tibor qaratib, halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.

Bosh kotib Guterrish barcha tomonlarni zo‘ravonlikni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirganini qayd etgan Dyujarrik, shuningdek, mazkur havo hujumini uyushtirganlar javobgarlikka tortilishi kerakligini ta’kidlaganini ma’lum qildi.

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Volker Turk ham Myanmaning Arakan shtatidagi bozor yaqiniga uyushtirilgan va kamida 50 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan havo hujumlarini qoralaganini bildirgan edi.