Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an: «Eronga qarshi yangi hujumlar to‘lqini boshlanishi va mintaqamiz yanada beqarorlik sari yuz tutishini istamaymiz», – dedi.
Prezident Erdo‘g‘an Ozarbayjondan Turkiyaga qaytish chog‘ida samolyot bortida jurnalistlarga bayonot berar ekan, unda, AQSh bilan Eron o‘rtasidagi oxirgi vaziyatga ham to‘xtaldi.
Prezident Erdo‘g‘an, AQSh - Eron o‘rtasidagi keskinlik haqida:
«Eronga qarshi yangi hujumlar to‘lqini boshlanishi va mintaqamiz yanada beqarorlik sari yuz tutishini istamaymiz. Muammolarni muloqot va diplomatiya yo‘li orqali hal qilish mumkinligini har doim ta’kidlab kelmoqdamiz. Afsuski, yana salbiy tomonga o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Buning oldini olish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilmoqdamiz. AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan bu masalalarni muhokama qildim va xavotirlarimizni bildirdim. Tinchlik va diplomatiya yo‘lini ochish uchun vositachilik qilishga tayyor ekanimizni tomonlarga yetkazdik» - degan ifodalarga o‘rin berdi.
O‘z so‘zida qql - idrok va vazminlik ustun kelishidan umidvor ekanini ham bildirgan Erdo‘g‘an, mojarolarning yanada kuchayishi mintaqa uchun ko‘proq yo‘qotishlardan boshqa narsa emasligini ta’kidladi.
Prezident Erdo‘g‘an urush oqibatlari uchun faqat mojaro ishtirokchilari javob bermasligi, Turkiyadan Fors ko‘rfazi mamlakatlarigacha, Iroqdan Suriyagacha, Yevropadan Osiyogacha bo‘lgan keng mintaqa ushbu voqealardan ta’sirlanayotganini qayd etdi.























