YANGI SURIYA
1 daqiqa o'qish
Suriya Asad aka - ukalariga oid ish hujjatlarini Interpolga yubordi
Suriya rasmiy axborot agentligi SANA, Asad aka - ukalariga oid ish hujjatlari Interpolga yuborilgani haqida ma'lumot bo‘lishdi.
Suriya Asad aka - ukalariga oid ish hujjatlarini Interpolga yubordi
_

Suriyaning, ag‘darilgan rejim rahbari Bashar al - Asad va uning ukasi Mahir Asadga nisbatan Xalqaro jinoiy politsiya tashkiloti (Interpol)ga murojaat qilgani xabar qilindi.

Suriya rasmiy axborot agentligi SANAning Damashqdagi 4 - sonli og‘ir jinoyatlar sudining raisi Faxruddin al - Aryanga tayanib xabar berishicha, Asad aka - ukalariga oid ish hujjatlari Interpolga yuborilgan.

Faxruddin al - Aryan qochqinlikda yurgan ayblanuvchilar Bashar al - Asad va Mahir Asad, shuningdek, boshqa mahkumlarga nisbatan sirtdan chiqarilgan hukmlar huquqiy kuchga ega ekanini bildirdi. U tegishli choralarni ko‘rish maqsadida ish hujjatlari Interpolga yuborilganini qayd etdi.

Damashqdagi 4 - sonli og‘ir jinoyatlar sudi avgust oyida Bashar al - Asad va Mahir Asad bilan birga qochqinlikda yurgan yana 7 nafar sudlanuvchini o‘lim jazosiga hukm qilgan edi.