TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Aivo Orav: Turkiya va Yevropa Ittifoqi bir-biriga muhtoj
Yevropa Ittifoqining (YI) Turkiyadagi delegatsiyasi rahbari, elchi Aivo Orav YI va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar faqat Anqara va Bryussel bilan cheklanmasligini aytdi.
Aivo Orav: Turkiya va Yevropa Ittifoqi bir-biriga muhtoj
Yevropa Ittifoqining Turkiyadagi delegatsiyasi rahbari, elchi Aivo Orav Trabzonda

Turli tadbirlarda ishtirok etish uchun YIga a’zo ayrim davlatlarning elchilari bilan Trabzonga kelgan Orav, Trabzon gubernatori Tahir Shahinni uning idorasida ziyorat qildi.

Elchi Orav uchrashuvdan keyingi bayonotida, YIga a’zo davlatlar elchilari bilan Trabzonda juda samimiy kutib olinganini bildirdi.

Orav YI va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar faqat Anqara va Bryussel bilan cheklanmasligini ta’kidlab, quyidagilarni qayd etdi:

“Bu munosabatlar shaharlar, ishbilarmon doiralar, jamiyatlar va insonlar o‘rtasida olib borilmoqda. Munosabatlarimiz juda o‘ziga xos. Ayniqsa, Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zolikka nomzod mamlakat ekani va hozir dunyoda yuz berayotgan voqealar tufayli bu munosabatlar nihoyatda o‘ziga xos ekanini aytishimiz mumkin. Shu bois Turkiya Yevropa Ittifoqiga, Yevropa Ittifoqi esa Turkiyaga muhtoj. Savdodan energetikagacha, iqlimdan mintaqaviy hamkorlikkacha ko‘plab umumiy manfaatlarimiz bor dedi.