Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an rasmiy tashrif bilan hozirda Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida bo‘lar ekan, u yerda, texnologiya, elektronika, biotexnologiya va kimyo sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniyalarning yuqori lavozimli rahbarlarini qabul qildi.
Prezident Erdo‘g‘an o‘zi tunayotgan mehmonxonada LG Electronics kompaniyasi Bosh direktori (CEO) Lyu Jae - cheol, Celltrion kompaniyasi Bosh direktori Seo Jin - seok, SK Chemicals va SK Plasma kompaniyalari Bosh direktori Jaehyun Ahn hamda Hyundai Motor Group Bosh direktori Chung Euisun va ular bilan birga kelgan delegatsiyalar bilan uchrashdi.
Tashrifi doirasidagi uyushtirilgan uchrashuvlar davomida Prezident Erdo‘g‘an Samsung kompaniyasi Bosh direktori Roh Tae - moon, Chemtronics Wits kuzatuv kengashi raisi Kim Bokyun hamda Korea Electric Power Corporation (KEPCO) vitse - prezidenti va Global yangi biznes yo‘nalishi rahbari Chan - hyuk Chun boshchiligidagi delegatsiyalarni ham qabul qildi.






















