TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Turkiya Liviyaga bo‘lgan yordamini davom ettiradi
Milliy Razvedka Tashkiloti Raisi Ibrahim Kalin poytaxt Anqarada Liviya rasmiylari bilan uchrashdi.
Turkiya Liviyaga bo‘lgan yordamini davom ettiradi
_

Xavfsizlik manbalaridan olingan ma'lumotlarga ko‘ra Ibrahim Kalin Anqarada Liviya Prezident kengashi rahbari Muhammad al - Manfiyning maslahatchisi Ibrahim Zubi hamda Milliy birlik hukumati Bosh vaziri Abdulhamid Dibayba bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Liviya va mintaqadagi vaziyat, Turkiya – Liviya hamkorligini davom ettirish bo‘yicha tashlanadigan qadamlar hamda Liviyada barqarorlikni saqlashni ko‘zlagan sa'y - harakatlar muhokama qilindi.

Zubi va Dibayba uchrashuv davomida Turkiyaning Liviyada tutayotgan samarali va konstruktiv rolini yuksak baholashlarini bildirdi.

Kalin Turkiyaning Liviyada tinchlik va barqarorlikni saqlash yo‘lida ko‘rsatayotgan kuchli qo‘llab - quvvatlashi bundan buyon ham davom etishini ta'kidladi.

MRT rahbari Turkiya Liviyaning birligini ta'minlash hamda mamlakatning sharqiy va g‘arbiy hududlaridagi boshqaruvlarni yagona Liviya tomi ostida birlashtirish jarayonini qo‘llab - quvvatlashda davom etishini qayd etdi.

Liviyada tashlanishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha qadamlar muhokama qilindi

Kalin Anqarada Liviya Ichki Ishlar vaziri Imad at - Trablusiy bilan ham uchrashdi.

Uchrashuvda Liviyada xavfsizlik va barqarorlikni yanada mustahkamlash uchun tashlanishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha qadamlar muhokama qilindi.

Trablusiy uchrashuvda Turkiyaning Liviya Milliy birlik hukumatiga ko‘rsatayotgan yordamidan mamnun ekanini bildirdi.

Kalin esa Turkiyaning Liviya xavfsizligi va taraqqiyoti yo‘lidagi qo‘llab - quvvatlashi davom etishini, shuningdek, Turkiya Liviyada va Shimoliy Afrikada terrorizmga qarshi kurash, odam savdosi hamda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash masalalarida yaqin hamkorlikni davom ettirishini ta'kidladi.

Boxabar bo'ling!
Turkiya Braziliya bilan mudofaa sanoati sohasida hamkorlik shartnomasini ratifikatsiya qildi
Antaliyada o‘tadigan 77-Xalqaro astronavtika kongressi taqdimotlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Erdo‘g‘an: Istanbul aeroportining to‘rtinchi uchish-qo‘nish yo‘lagi global aloqani kuchaytiradi
Erdog‘an: «Turkiyani dunyodagi eng keng parvoz tarmog‘iga ega mamlakatlardan biriga aylantirdik»
Erdo'g'an BMT minbaridan jahon hamjamiyatiga murojaat qiladi
Turkiya Makkaga yaqin hududda bartaraf etilgan dron hujumini qoraladi
Turkiya Harbiy-havo kuchlari safiga mahalliy HURKUSh-II samolyoti qo'shilmoqda
"Akinji" droni "Sungur" raketasi bilan yuqori tezlikdagi nishonni yo‘q qildi
Fidan: Ho‘rmuz bo‘g‘ozida urushdan oldingi holat tiklanishi lozim
Somalida Turkiyani qo‘llab-quvvatlashga bag'ishlangan ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi
Ozarbayjon Prezidenti Aliyev Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashdi
Erdo‘g‘an: «Xalqimizni xavf-xatarlardan uzoq tutdik»
Hakan Fidan rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘lib qaytadi
Isroil matbuoti: Prezident Erdogan Turkiyani Oʻrta Sharqda qiyin bir ishtirokchiga aylantirdi
Fidan: Turkiya - Suriya munosabatlari mustahkam tus oldi
Hakan Fidan Suriyaga rasmiy tashrif uyushtirmoqda
Turkiya Saudiya Arabistoniga qarshi uyushtirilgan hujumlarni qoraladi
Turkiya: Kipr turklari xavfsizligini har qanday sharoitda ta’minlaydi
Turkiya va Ozarbayjon o‘rtasida uchta yirik elektr energetikasi loyihasi rejalashtirilmoqda
Qozog‘iston va Turkiya readmissiya bitimini imzoladi