Turkiya Isroil - Falastin muammosini hal qilish uchun xalqaro hamjamiyatni mustahkam qadam tashlashga chaqirdi. Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Nuh Yilmaz bu talabni BMT Bosh assambleyasi doirasida uyushtirilgan oliy darajali yig‘ilishda ifoda etdi.
Nuh Yilmaz bu borada: “Isroil G‘azoda xalqaro hamjamiyatning ko‘zi ongida genotsid uyushtirishni davom etmoqda”, - dedi.
Vazir o‘rinbosari: “G‘arbiy Sohil va Quddusda noqonuniy joylashuvlar, ularning mahalliy xalqqa bo‘lgan zo‘rovonligi va muqaddas maskanlardagi provakatsiyalar inqirozning avj olishiga yo‘l ochmoqda. Isroil Suriya, Eron, Livan va Qatar kabi Yaqin Sharqdagi parvosiz tahdidlar bilan hujumlari, liderlikning fanatizm orqali butunlay ko‘rlashganidan xabar beradi”, - deya gapirdi.
Yilmaz so‘zlari davomida: “Insonparvarlik yordamiga moneliksiz, bemalol erishish va ikki davlat asosidagi yechim yo‘llarining kuchga kirishi”, - kabi ikki muhim masalani ta’kidladi.
U shuningdek, Isroil, Falastin Ma’muriyatini yo‘q qilishga urinayotganini ifoda etgan holda UNRWA agentligini qo‘llab- quvvatlash zarurligini ifoda etdi va Falastin BMTga to‘liq a’zo bo‘lishi zarurligini bildirdi.
AQSh vizasi rad etilgani uchun video aloqa orqali nutq so‘zlagan Falastin Bosh vaziri Muhammad Mustafa, Falastinni tan olgan davlatlar sonining ortishi ijobiy qadam ekani ammo siyosiy va moliyaviy yordamning shoshilinch zarurligini ta’kidladi.
Mustafa: “Isroil hukumati Falastin davlatini butunlay rad etmoqda va buning uchun Falastin Ma’muriyatini zaiflashtirish yoki uning cho‘kishini ta’minlash payida”, - dedi.
Mintaqaviy va xalqaro qo‘llab - quvvatlash
Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Shahzoda Faysal bin Farhon al - Saud, Riyod, Falastin chegaralarini 1967 - yilgi chegaralar asosida himoya qilish va mintaqadagi barcha xalqlarning xavfsizligi va farovonligini ta’minlash yo‘lida diplomatik va gumanitar faoliyatlarini davom ettirishini bildirdi.
Iordaniya Tashqi Ishlar vaziri Ayman Safadiy Netanyaxuni urushni yoyishda aybladi va zudlik bilan buning oldi olinishi kerakligini qayd etdi. Buning uchun esa so‘zlar yetarli emasligi va Netanyaxuni bundan voz kechtiruvchi choralar ko‘rilishi kerakligini ifoda etdi.
Misr Tashqi ishlar vaziri Badr Abdelatti: “Mintaqadagi muammoni butunlay hal qilmay turib, barqarorlkni ta’minlash imkonsiz”, - dedi.
Chili Tashqi Ishlar vaziri Alberto van Klaveren, ikki davlat yechim adolatli va uzoq muddatli tinchlikka erishishning yagona yo‘li ekanini ta’kidladi.
lberto van Klaveren shuningdek: “Biz ushbu yo‘l xaritasini amalga oshirish uchun barcha hamkorlar bilan ishlashga tayyormiz”, - dedi.