TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Turkiya Suriyaning Suvayda muammosini hal qilish uchun yo‘l xaritasini qabul qildi
Tashqi Ishlar vazirligining aytishicha Suvayda haqidagi yo‘l xarita mintaqadagi tinchlikni saqlab, barqarorlikni ta’minlaydi. Eng muhimi takror to‘qnashuv yuz berishining oldini oladi.
Turkiya Suriyaning Suvayda muammosini hal qilish uchun yo‘l xaritasini qabul qildi
17 сентябр 2025

Turkiya Tashqi Ishlar vazirligi Suriya janubida joylashgan Suvayda viloyatidagi muammoni hal qilish uchun Suriya, Iordaniya va AQSh tomonidan kelishilgan yo‘l xaritasini xursandchilik bilan qarshi oldi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida bugun berilgan bayonotda, «Suriyaning janubiy viloyatlaridan biri bo‘lgan Suvaydada tinchlikni saqlash, barqarorlikni o‘rnatish va to‘qnashuvlarning takrorlanishining oldini olish uchun e’lon qilingan yo‘l xaritasini xursandchilik bilan qabul qilamiz», - deyildi.

Bayonotda shuningdek Turkiyaning hududiy yaxlitligi, birlik va mustaqilligiga bo‘lgan hurmat tamoyillari asosida Suriyaning barcha tarkibiy qismlari uchun tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y - harakatlarning qo‘llab - quvvatlanishning davom ettirilishi qayd etildi.

Suriya Tashqi Ishlar vaziri Asad al - Shayboniy seshanba kuni Damashqda Iordaniya Tashqi Ishlar vaziri Ayman Safadiy va AQShning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Tom Barak bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlari ortidan yetti bosqichli yo‘l xaritasini e’lon qildi.

Matbuot anjumanida al - Shayboniy reja Suvaydaga uzluksiz insonparvarlik va tibbiy yordamlarning yetkazib berilishi, asosiy xizmatlarni tiklash, yo‘llar xavfsizligini ta’minlash va yo‘l harakatini osonlashtirish uchun mahalliy xavfsizlik kuchlarini joylashtirish kabi moddalarni o‘z ichiga olishini ifoda etdi.

Boshqa qadamlar orasida jabrlanganlarga tovon to‘lash, o‘z uy - joyidan mahrum qilinganlarning manzillariga qaytishiga ruxsat berish, bedarak yo‘qolganlar taqdiriga oydinlik kiritish, gubernatorlikdagi barcha jamoalarni qamrab olgan yarashuv jarayonini boshlash ham da tinch aholi va xususiy mulkka qarshi uyushtirilgan hujumda ishtirok etganlarning barchasini javobgarchilikka tortish kabi masalalar o‘rin olmoqda.

Seshanba kungi voqea Suvaydada otashkesimning yo‘lga qo‘yilishi va mojaroga siyosiy yechim topishga qaratilgan muzokaralarga e’tibor bergan va iyul - avgust oylarida Iordaniyada boʻlib oʻtgan uchrashuvlar ortidan qayd etildi.

Suvaydada joriy yilning 19 - iyulidan beri amalda boʻlgan oʻt ochishni toʻxtatish rejimi druzlar bilan badaviy qabilalari oʻrtasida bir hafta davom etgan qurolli toʻqnashuvlar ortidan Isroilning harbiy hujumlari tufayli zaifligicha qolmoqda.

 

Boxabar bo'ling!
Dunyo Gruziyadagi harbiy samolyot halokatidan so‘ng Turkiyaga ta’ziya bildirdi
Erdo‘g‘an va Kobaxidze Gruziyadagi samolyot halokati yuzasidan hamkorlikni muhokama qildi
Gruziyada qulagan turk harbiy samolyotida 20 askar shahid bo‘ldi
Turkiya harbiy samolyoti Gruziya–Ozarbayjon chegarasida halokatga uchradi
Turk olimi jamoasi yashashga yaroqli yangi sayyoralarni topdi
Erdo‘g‘an Ataturkni yod etishga bag‘ishlangan marosimga yetakchilik qildi
Turkiya, Ataturkning Salonikdagi uyini qayta ochib, asoschisining merosini sharafladi
Turkiya o‘z asoschisi Ataturkni vafotining 87-yilligida yodga oldi
Istanbulda «Gʻazoning kelajagi» xalqaro sammiti boʻlib oʻtadi
Turk hay’ati vaqti – vaqti bilan toʻxtab qolgan muzokaralar uchun Afgʻonistonga boradi
Hakan Fidan ertaga AQShga tashrif uyushtiradi
Erdoʻgʻan: AQSh F - 35 masalasi ustidan oʻz majburiyatlarini bajaradi degan umiddaman
Turkiya kiber josuslik reydlarida ikki gumonlanuvchini qo‘lga oldi
Prezident Erdo‘g‘an Ozarbayjonning Qorabog‘dagi g‘alabasi Kavkazda tinchlik uchun muhim rol o‘ynaydi
Turkiya G‘azodagi genotsid sababli Netanyahu va 36 shaxsga nisbatan hibs buyrug‘i chiqardi
Prezident Erdo‘g‘an va Liviya Bosh vaziri Dibeyba ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildilar
TRT World Digital 2025-yilgi Lovie mukofotlarida katta yutuqqa erishdi
THY Ispaniyaning Air Europa aviakompaniyasining 355 million dollarlik ulushini sotib oldi
Turkiya G‘azodagi otashkesimning davom etishi tarafdori
Ibrahim Kalin Istanbulda Hamas hay’atini qabul qildi