DUNYO
1 daqiqa o'qish
Qatarda dengizga tushgan vertolyotda olti kishi halok bo‘ldi
Qatarda texnik nosozlik yuzasidan dengizga tushgan vertolyotda yetti kishidan olti nafari halok bo‘ldi.
Qatarda dengizga tushgan vertolyotda olti kishi halok bo‘ldi
_
7 соат олдин

Qatar Ichki Ishlar vazirligi mamlakatning hududiy suvlariga qulagan vertolyotda bedarak yo‘qolgan deb xabar qilingan 7 kishidan 6 nafarining jasadi topilganini ma’lum qildi.

Vazirlik bayonotida aytilishicha, davom ettirilayotgan qidiruv - qutqaruv ishlari doirasida vertolyot bortida bo‘lgan 6 kishi topilib, ularning halok bo‘lgani tasdiqlangan.

Rasmiylar bedarak yo‘qolgan yana bir kishini topish uchun maxsus guruhlar tomonidan qizg‘in izlanishlar davom ettirilayotganini bildirdi.

Vazirlik halokat sababi yoki bortda bo‘lgan shaxslarning shaxsi haqida batafsil ma’lumot bermadi.

Qatar Mudofaa vazirligi esa, kunning erta soatlarida bergan bayonotida vertolyot odatiy vazifa davomida texnik nosozlik yuzaga kelishi ortidan mamlakatning hududiy suvlariga qulaganini bildirgandi.

Texnik nosozlikdan tashqari halokat sababiga oid qo‘shimcha ma’lumot berilmadi hamda voqea qandaydir hujum natijasida sodir bo‘lganiga doir hech qanday dalil yo‘qligi ta’kidlandi.

Hodisa mintaqada keskinlik ortib borayotgan bir paytda yuz berdi.

AQSh bilan Isroil tomonidan 28 - fevral kuni Eronni nishonga olgan qo‘shma hujumlar boshlanishi ortidan Qatar, jumladan Ras Laffan sanoat shahri ham Eronning insonsiz havo transportlari va raketalari bilan bir necha bor nishonga olingandi.