G'AZODA URUSH
3 daqiqa o'qish
Isroil armiyasi G‘azoda otashkesim kelishuvini 194 marta buzdi
Isroil armiyasi 10 - oktabrda kuchga kirgan G‘azoda o‘q uzishni to‘xtatish yoki otashkesim kelishuvini 194 marta buzdi.
Isroil armiyasi G‘azoda otashkesim kelishuvini 194 marta buzdi
_
4 ноябр 2025

G‘azo hukumati matbuot xizmati, Isroil armiyasi 10 - oktabrda kuchga kirgan G‘azoda o‘q uzishni to‘xtatish yoki otashkesim kelishuvini 194 marta buzganini ma’lum qildi.

Matbuot idorasi direktori Ismoil al - Savabte kecha (02.11.2025) Anado‘lu (Anadolu) axborot agentligiga bergan intervyusida, qoidabuzarliklar Isroil tomonidan sariq chiziqni oshgan holda amalga oshirilganini qayd etdi. Unda o‘q uzish, bombardimon va harbiy amaliyotlar orqali tibbiy buyumlar, dori - darmonlar, chodirlar va tayyor uylar olib kirilishiga monelik qilingan.

«Shartnoma kuchga kirganidan beri hozirgacha ishg‘olchi kuchlar Falastin xalqiga qarshi 194 ta qoidabuzarlik sodir etdi. Biz bu kelishuv yengillik olib kelishiga ishongan edik», - degan Savabte, G‘azo hukumati ushbu qoidabuzarliklar ustidan har kuni o‘rtamchilarga hisobot topshirib turishini o‘z so‘ziga ilova qildi.

Savabte Isroil kuchlari bir necha bor sariq chiziqni kesib o‘tgani, transport vositalari bilan turar - joy hududlariga bostirib kirgani, havo hujumlari uyushtirib, binolarni buzib tashlaganini ma’lum qildi. Natijada tinch aholining o‘limi va jarohatlanishlariga yo‘l ochgan.

Savabte shu bois ham falastinliklarni sariq chiziqqa yaqinlashmaslik haqida ogohlantirar ekan, Isroil bugungacha nomi tilga olgan hududda uylarini nazorat qilishga urinayotgan tinch aholini o‘ldirganini yodga soldi.

«Sariq chiziq» 10 - oktabrda kuchga kirgan otashkesim kelishuvi bo‘yicha Isroil kuchlari chiqarilgan hududdir. Bu, G‘azo janubini G‘azo shahri janubi bilan Xon Yunus shimoli o‘rtasini ajratib turuvchi jismoniy bo‘lmagan chegaradir.

Savabte Isroil insonparvarlik yordami tashigan yuk tashuvchi mashinalarning kirishga to‘liq ruxsat bermagani va bemorlarning chet elda davolanishi uchun Misr bilan Rafoh chegara darvozasini takror ochmaganini qayd etdi.

Matbuot xizmati vakili shuningdek: «Isroil shuningdek, dori - darmon va tibbiy jihozlarning kirishiga ham monelik qildi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Isroil, o‘tgan 2024 - yilning may oyidan beri Rafoh chegara darvozasining Falastin tomonini nazorat qilib kelmoqda. Isroil chegarani nazorat qilish darvozasini egallab olganida, nazorat punktini tashkil etgan Falastin binolarini buzib tashladi va falastinliklarga u orqali o‘tishni taqiqladi.

Matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra 10 - oktabrdan oy oxirigacha G‘azoga kirishi kerak bo‘lgan 13 ming 200 ta yuk tashuvchi mashinadan atigi 3 ming 203 tasigina kirgan, bu ham bo‘lsa 24% o‘tish darajasidan dalolat beradi.

Matbuot xizmati, otashkesim protokoli vayronalar ostidan jasadlarni olib chiqish uchun yuzlab og‘ir texnikaga ruxsat berilganini ta’kidladi.

Savabte: «Ammo cheklangan uskunalar faqatgina halok bo‘lgan isroillik mahbuslarining jasadlarini qidirish uchun foydalanildi», - dedi.

Isroil o‘tgan hafta vafot etgan mahbuslarining jasadlarini olib chiqish uchun ba’zi texnika vositalariga ruxsat berdi ammo vayron bo‘lgan uylar ostida qolib ketgan minglab falastinliklarning jasadlarini olib chiqish uchun og‘ir texnikalarning G‘azoga kirishiga to‘sqinlik qildi.

Matbuot xizmatining xabar berishicha, taxminan 9 ming 500 nafar falastinlik bedarak yo‘qoldi. Ularning yirik qismi vayronalar ostida qolib ketgan va ayrimlarining izlari yo‘qolib ketgani taxmin qilinmoqda.

Savabtening so‘zlariga ko‘ra protokolda shuningdek, o‘z uy - joyidan mahrum bo‘lgan oilalar uchun 300 ming nafardan ortiq chodir va tayyor uylarning kirishi ham ko‘zda tutilgan ammo Isroil bunga rioya qilmagan va 288 ming nafar falastinlik oila ko‘chalarda va jamoat joylarida yashashga majbur bo‘lgan.

G‘azo hukumati ma‘lumotlariga ko‘ra Isroil hududdagi fuqarolik infratuzilmasining taxminan 90 foizini vayron qilgan va dastlabki hisob - kitoblarga ko‘ra umumiy zarar 70 milliard dollarni tashkil etadi.

Savabte Isroilni Rafohning Misr tomonida 6 mingdan ortiq yuk tashuvchi mashinalarni to‘sib qo‘yish orqali gumanitar inqirozni ataylab kuchaytirganlikda aybladi.

U AQSh Prezidenti Donald Tramp va xalqaro o‘rtamchilarni Isroilni qonunbuzarliklarni to‘xtatishga va kelishuvni to‘liq bajarishga majburlash uchun zudlik bilan chora ko‘rishga chaqirdi.