IQTISODIYOT
2 daqiqa o'qish
Putin noyob yer elementlari qazib olish boʻyicha yoʻl xaritasi ishlab chiqishni buyurdi
Rossiya noyob yer elementlari bo‘yicha loyihalarda AQSh bilan hamkorlik qilish istagini bildirgan edi ammo lekin Ukrainadagi urushni to‘xtatish borasida hech qanday natijaga erishilmagani bois bu imkoniyatlar to‘xtatildi.
Putin noyob yer elementlari qazib olish boʻyicha yoʻl xaritasi ishlab chiqishni buyurdi
_
5 ноябр 2025

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin seshanba kuni (04.11.2025) Rossiya Vazirlar kengashiga 1 - dekabrgacha noyob yer elementlari qazib olish boʻyicha yoʻl xaritasini ishlab chiqishni buyurdi.

Vladimir Putin, Kreml veb - saytida e’lon qilingan vazirlik vazifalari roʻyxatida shuningdek; Rossiyaning Xitoy bilan Shimoliy Koreya chegarasi oʻrtasidagi transport aloqalarini yaxshilash choralarini ham koʻrishni buyurdi.

Smartfonlar, elektr transport vositalari va qurol tizimlarida foydalanilgan noyob yer elementlari xalqaro savdoda juda muhim va strategik ahamiyatga egadir.

AQSh Prezidenti Donald Tramp aprel oyida Ukraina bilan ushbu sohada shartnoma imzoladi. Ushbu shartnoma AQShga Ukraina konlariga erishish imkoni beradi va mamlakatni qayta tiklash uchun zarur boʻlgan investitsiyalarni nazarda tutadi.

Rossiya noyob yer elementlari bo‘yicha loyihalarda AQSh bilan hamkorlik qilish istagini bildirgan edi ammo lekin Ukrainadagi urushni to‘xtatish borasida hech qanday natijaga erishilmagani bois bu imkoniyatlar to‘xtatildi.

Dunyodagi noyob yer elementlari ishlab chiqaruvchi asosiy davlat boʻlgan Xitoy, bu yil AQSh tariflariga javoban ularning eksportiga cheklovlar qoʻydi.

Putinning koʻsatmasi, sentabr oyida Vladivostokda ishtirok etgan Uzoq Sharq iqtisodiy forumidan kelib chiqadigan harakatlar bandlari umumlashtirilgan. Nomi tilga olingan koʻrsatmada, Rossiyaning noyob yer elementlari boʻyicha rejasi batafsil bayon qilinmagan.

Koʻrsatmadagi boshqa bandlar orasida, hukumatga Xitoy va Shimoliy Koreya chegaralarida multimodal transport va logistika markazlarini rivojlantirish masalasi ham oʻrin olgan.

Putinning soʻzlariga koʻra bular Rossiya va Xitoyni bir - biriga bogʻlovchi ikkita mavjud temir yoʻl koʻprigi va Shimoliy Koreyada 2026 - yili foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan yangi koʻprikni ham oʻz ichiga olishi kerak.

Rossiyaning Uzoq Sharqdagi ikki qoʻshnisi boʻlgan Xitoy bilan Shimoliy Koreya, Gʻarb mamlakatlarining Ukrainadagi urush tufayli Moskvaga nisbatan sanksiyalar kiritganidan beri Rossiya bilan iqtisodiy aloqalarini chuqurlashtirdi.

 

Boxabar bo'ling!
O‘mer Bo‘lat: Turkiya – Suriya tranzit yo‘lagi kelasi yili ochiladi
Yevropa Ittifoqi 2028-yilgacha Rossiyadan gaz importini to‘xtatish rejasi bo'yicha kelishib oldi
Germaniya yana 15 ta F - 35 xarid qilib olmoqchi
Oltin narxi yangi tarixiy rekordni qayd etdi
Eron Xalqaro atom energiyasi agentligi bilan hamkorlikni toʻxtatishini bildirdi
Saudiya Arabistoni Yamanning iqtisodiy inqirozini yengillashtirmoqchi
Turkiyaning «Hurjet» samolyoti bu yilgi TEKNOFEST da ko‘z qamashtirmoqda
Xitoy Rossiyaning Gazprom kompaniyasiga AAA reytingini berdi
Turkiya «Altay» tankini seriyaviy ishlab chiqarish ishlarini boshlamoqda
Turkiya Zangazur yo‘lagiga ulab strategik temir yo‘li qurish ishlariga kirishdi
Turkiyada elektr transport vositalari  soni bir yil ichida ikki barobardan ko‘proqqa oshdi
Mask: xAI Apple kompaniyasini ilovalarga nisbatan adolatsiz munosabatda bo'lgani uchun sudga beradi
Germaniya Isroilga nisbatan yo‘lga qo‘ygan harbiy eksportini to‘xtatdi
Isroil Gʻazoga xususiy sektor tovarlari olib kirilishiga yordam berishini iddao etmoqda
Turkiya Ozarbayjondan Suriyaga tabiiy gaz yetkazib berish ishlarini boshlaydi
Hindiston AQShga smartfon eksport qilish bo‘yicha yetakchi davlatga aylandi
Yevropa Ittifoqi va AQSh o'rtasidagi savdo kelishuvi vaqtinchalik barqarorlik keltiradi
Turkiya IDEF -2025 ko‘rgazmasida GAZAP va NEB - 2 bombasini namoyish etdi
Suriya bilan Saudiya Arabistoni oʻrtasida investitsiya forumi oʻz ishini boshladi
Turkiya IDEF - 2025 doirasida Malayziya bilan taktik avtomobil shartnomasi imzolaydi